Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mamlakatimiz hamda xorijiy oliy o‘quv yurtlari bilan muntazam ravishda o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yib kelmoqda. Jumladan, bugun yurtimizda faoliyat yuritib kelayotgan yana bir oliy o‘quv muassasasi va OKMK o‘rtasida hamkorlik aloqasi o‘rnatildi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati va Termiz muhandislik-texnologiya instituti o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi. Imzolangan memorandumga ko‘ra, tomonlar ta'lim va tadqiqot sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlik qilishadi. Shuningdek, o‘zaro hamkorlik va nazariy va amaliy bilim almashish orqali konchilik ishi, talabalarni ta'lim sifatini oshirish, tajriba almashish hamda tomonlarning mutaxassislar va professor-o‘qituvchi mutaxassislarni malakasini oshirish sohasida har tomonlama hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirishdan iborat.
Ushbu memorandum Prezidentning 2017-yil 27-iyuldagi “Oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” qarori ijrosini ta'minlash maqsadida imzolandi.
Memorandumni OKMK boshqaruvi raisining xodimlar va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Sa'di Shermatov va Termiz muhandislik-texnologiya instituti rektori O‘ral Ahmedovlar imzolashdi.
Axborot xizmati