Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Sir emas, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tarkibiy bo‘linmalarini oliy ma'lumotli mutaxassislarga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida yurtimiz va xorijda faoliyat yurituvchi bir qator oliygohlar bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yib kelinmoqda.
Jumladan kuni kecha OKMK hamda Geologiya fanlari universiteti o‘rtasida hamkorlik aloqalari o‘rnatildi. Hamkorlik doirasida joriy yilning 27-yanvar kuni bir guruh kombinat mutaxassislari Geologiya fanlari universitetiga tashrif buyurishdi.
Geologiya fanlari universiteti va “Olmaliq KMK” AJ o‘rtasida o‘zaro kadrlarni tayyorlash sohasida hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida memorandum yo‘nalishlarini belgilab olish hamda chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish yuzasidan davra suhbati ham tashkil etildi.
Tadbirda oliygohningning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori O.Qodirov ishtirokchilarga kun tartibidagi masala yuzasidan ma'lumot berib, Geologiya fanlari universiteti va “Olmaliq KMK” AJ o‘rtasida o‘zaro kadlarni tayyorlash sohasida hamkorlik memorandumi doirasida aniq yo‘nalishlarni belgilab olish to‘g‘risida fikr bildirdi.
So‘ngra, O‘quv markazi boshlig‘ining o‘rinbosari M.Tagayev so‘z olib, Universitet talabalari uchun geologiya sohasida kombinat mutaxassislari tomonidan seminar-treninglarni o‘tkazish, talabalarni 2-kursdan boshlab yozgi ta'til davomida kombinatning tegishli muayyan tashkilotlari va korxonalarida malakaviy amaliyotlarini o‘tkazilishini ta'minlash, 2022/2023 o‘quv yili uchun kombinat tomonidan geologiya sohasidagi qator yo‘nalishlar uchun istiqbolda kadrlar tayyorlashga buyurtmalarini shakllantirish yo‘nalishlari keng qamrovli ishlarni amalga oshirish lozimligi to‘g‘risida alohida to‘xtalib o‘tdi.
Davra suhbatida OKMK bilan Geologiya fanlari universiteti o‘rtasida kadrlar sohasida hamkorlikni amalga oshirish memorandumi hamda chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash, universitet talabalari uchun 70% amaliy, 30% nazariy bilim berish taklifini ko‘rib chiqish, fevral oyida olyigoh hamda kombinat bilan hamkorlik memorandumini imzolash kabi masalalar bo‘yicha kelishib olindi.
Shuningdek, universitet professor-o‘qituvchilari va talabalarining ilmiy izlanishlari, diplom va dissertatsiya ishlarini bevosita kombinatning ishlab chiqarish bazasidan foydalangan holda amalga oshirish, OKMKda Geologiya fanlari universiteti kafedralarini tashkil etish masalalari ham ma'qullandi.
Shaxzod Urolboyev,
O‘quv markazi kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari v.b.