• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK: Yangi mahsulotlar ko‘lami kengaytiriladi

19 Yanvar 2024, 8:12 801

Joriy yilda “Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining Nodir metallar va qattiq qotishmalar ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan “Burg‘ulash toji, burg‘ulash keskichlari ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda.

Loyiha doirasida qurilish-montaj ishlari yakunlandi. 2023-yilda 100,0 ming dollar miqdorida mablag‘lar o‘zlashtirildi. Umumiy qiymati 4,7 million dollar bo‘lgan loyiha doirasida 10 dona texnologik asbob-uskunalar xarid qilinib, ishga tushirildi.

Ta'kidlash lozimki,mazkur loyihaning amalga oshirilishi yangi turdagi mahsulot ishlab chiqarish, kombinat va ichki bozor ehtiyojlarini qoplash imkonini beradi. Mahsulot ishlab chiqarishning yillik o‘sishi 2,6 mlrd so‘mni tashkil etadi. Ishlab chiqariladigan burg‘ulash toji va burg‘ulash keskichlari asosan ochiq va yopiq konlarda ishlatiladi. Hozirgi kunda ilk mahsulotlar ishlab chiqarish boshlandi. Shuningdek, diametri 76 mm va 110mm bo‘lgan burg‘ulash tojlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish ishlari olib borilmoqda. Yiliga 2 ming dona mahsulot ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Bu mahsulotlarning ichki bozorda iste'molchilari asosan “Navoiy KMK” AJ, “O‘zbekko‘mir” AJ, “O‘zbekneftgaz” AJ kabi korxonalar sanaladi.

2024-yilning yakuniga qadar bu loyiha to‘liq quvvat bilan ishlashi ko‘zda tutilgan.

Sherzod Tilovberdiyev

Bo`lishmoq:
Text to speech