• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK : Yangi metallurgiya majmuasi barpo etilmoqda

09 Aprel 2024, 11:6 1242

Hozirgi vaqtda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida amalga oshirilayotgan dunyodagi eng yirik loyihalardan biri 3-Mis boyitish fabrikasi ishga tushganda yiliga 1 mln tonna mis konsentrati ishlab chiqiladi. Ushbu konsentratdan mis va boshqa qimmatbaho metallarni ajratib olish, ulardan turli xil qotishma hamda sof metallar ishlab chiqarish uchun Yangi metallurgiya ob'yektlarini barpo etishni taqozo etadi.

Yangi metallurgiya majmuasini qurish uchun misni eritish va konverterlash bo‘yicha eng ilg‘or va yetakchi texnologiyalari o‘rganib chiqildi.

 Kombinat tomonidan tanlab olingan texnologiya mis konsentratidan misni ajratib olish darajasini 98,4 foizni tashkil etishi bilan ahamiyatlidir.

Eng muhimi, yangi quriladigan metallurgiya majmuasi atrof-muhitga mutlaqo zararsiz, barcha texnologik jarayonlar to‘liq yopiq bo‘lib, hosil bo‘lishi mumkin bo‘lgan zararli sharoitlar minimal darajada (zararli gazlarni ushlab qolish 99,2-99,7%) bo‘lishi belgilangan.

Yangi metallurgiya majmuasida yiliga 300 ming tonna mis va 1,8 mln tonna sulfat kislotasi ishlab chiqariladi. Sulfat kislotasi kimyo, uran sanoati, yangi sanoat korxonalari ishlab chiqarish quvvatlarini yanada oshirishga zamin yaratadi.

Mis ishlab chiqarish quvvatlarini oshirilishi esa o‘z navbatida, mis xomashyosini Respublikaning o‘zida qayta ishlab, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega yangi turdagi mis mahsulotlar ishlab chiqarilishini ta'minlaydi.

Bundan tashqari, mis konsentratlari tarkibidan olingan oltin va kumush respublika oltin-valyuta zaxiralarini ko‘payishiga, zargarlik sanoati korxonalarining rivojlanishiga xizmat qiladi.

Yana bir muhim jihat ushbu loyihani amalga oshirilishi natijasida minglab yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Bu loyiha shubhasiz Olmaliq kon-metallurgiya kombinatini jahondagi eng yirik mis eritish korxonalaridan biriga aylantiradi.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech