• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK: Yangi tibbiyot-sanitariya qismi foydalanishga topshirildi

31 Iyul 2023, 13:7 2409

Davlatimiz tomonidan bugun tibbiyot sohasida ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu islohotlar, eng avvalo tibbiyot tizimini yanada rivojlantirish, zamon talablari va jahon andozalariga mos bo‘lishini ta'minlashni maqsad qilgan.

Ma'lumki, tibbiyotning birlamchi bo‘g‘ini bo‘lgan poliklinikalar - aholi salomatligini saqlash, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishda beqiyos o‘ringa ega.

Shu bois ham mamlakatimizda aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatishning sifati, samaradorligi va ommabopligini oshirish, tibbiyot xodimlarining jamiyatdagi o‘rni va maqomini kuchaytirish maqsadida hukumatimiz tomonidan ko'plab islohotlar va tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Ushbu islohotlar ijrosini ta'minlash maqsadida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan kombinat xodimlari Kasaba uyushmasi tibbiy sanitariya qismi binosi mukammal ta'mirlab berildi.

Bu poliklinika 1983-yilda ishga tushirilgan edi. Shu kungacha u bir marotabagina ta'mirlangan.

Mazkur ob'yektning ochilish tadbirida ishtirok etgan OKMK rahbariyati va boshqalar so‘nggi yillarda mamlakatimiz tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar inson qadrini ulug‘lashga yo‘naltirilgani bilan ahamiyatli bo‘layotganini ta'kidladi. Tadbirda bir guruh quruvchi va shifokorlar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Ushbu tibbiyot muassasasining rekonstruksiya jarayonida 12 milliard so‘mlik qurilish-ta'mirlash ishlari bajarildi. Binoning eshik-romlari to‘liq yangilandi, tom, pol qismi to‘liq almashtirildi, tashqi fasad va xonalar ta'mirlandi, isitish, suv kanalizatsiya, ventilyasiya, elektr tizimlari yangilandi hamda hovlisida obodonlashtirish ishlari olib borildi.

E'tiborlisi, ushbu tibbiyot muassasasi Sog‘liqni saqlash vazirligi talabiga asosan raqamli poliklinikaga aylantirildi. Markazlashgan axborot almashinuvi va nazorat bazasiga ega bino uchun elektr energiyasi to‘liq quyosh batareyalari orqali yetkaziladi.

Tibbiyot muuassasasi zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlandi. Raqamlashtrilgan rentgen apparatlari, UTT, videoendoskopiya uskunasi, audiometriya, 8 turdagi fizioterapevtik apparatlar aholiga tezkor, sifatli xizmat ko‘rsatishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Shuningdek, elektron sog‘liqni saqlash tizimi joriy qilinib, u orqali tibbiyot muassasasiga murojaat qilgan fuqaro ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar to‘g‘risida bemalol axborot olishi, ularni davolaydigan shifokorlar haqida ma'lumotga ega bo‘lishi, hatto qabul vaqtini ham masofadan elektron navbat orqali band qilib qo‘yishi mumkin bo‘ladi.

Bu o‘z navbatida tibbiyot muassasasi faoliyatini takomillashtirishga xizmat qiladi. Elektron hujjat bilan ishlashni joriy etish orqali ish jarayoni (tibbiyot kartalari va kasalliklar tarixini to‘ldirish, elektron retseptlar berish), tibbiyot xodimlari, dori­darmon, tibbiyot buyumlari va tibbiy texnika, sarflash materiallari hisobi va monitoringini yuritish ham osonlashadi.

- Poliklinika huzurida 30 kishilik kunduzgi statsionar davolash bo‘limi ham tashkillashtirildi. Bu yerda xodimlar salomatligini mustahkamlashni ko‘zda tutuvchi kasbiy va boshqa kasalliklarni davolashga ixtisoslashgan turli zamonaviy jihozlar bilan birga fizioterapiya, muolaja, massaj va ko‘plab zamonaviy tibbiy uskunalar mavjud.

Yana bir oldimizga qo‘ygan maqsadlarimizdan biri bu shifokorlarimizni malakasini oshirishga qaratilgan. Biz endilikda tibbiyot xodimlarini yaqin xorij davlatlarida malakasini oshirishni ham rejaga kiritganmiz - deydi kombinat Tibbiy xizmat boshlig‘i Abdujabbor To‘xtaboyev.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech