• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK “Yashil makon” umummilliy loyihasida faol

08 Aprel 2024, 10:3 1006

Mamlakatimiz bo‘ylab amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mehnat jamoasi faol ishtirok etib kelmoqda.

Jumladan, 2023-yil kuz va 2024-yil bahor mavsumida loyihani amalga oshirish uchun jami 243 gektar yer maydoni ko‘chat ekishga tayyorlandi.

Bugungi kunga qadar ushbu maydonlarda 1 mln 536 ming (101%) dona daraxt ko‘chatlari ekildi.

Shundan 955 ming donasi atrof-muhitga ta'sir xavfi o‘rta va yuqori darajada bo‘lgan ob'yektlar atrofida “Yashil belbog‘” ko‘rinishida ekib chiqildi.

E'tiborli jihati “Yashil makon” loyihasi kombinatning respublikadagi barcha ob'ektlarida ham amalga oshirib kelinmoqda.

Xususan, Toshkent viloyatida 1 mln 422 ming dona, shundan, Olmaliq shahrida 1 mln 320 ming dona daraxt nihollari ekildi. 781 ming donasi esa “Yashil belbog‘” ko‘rinishida o‘tqazildi.

Bundan tashqari, Chirchiq shahrida 18200 dona, Angren shahrida 83300 dona “Yashil belbog‘” ko‘rinishida ekildi.

Shuningdek, “Yashil belbog‘” uchun Namangan viloyati Pop tumanida 42630 tup daraxt ko‘chatlari ekildi.

Jizzax viloyati Forish tumanida 5000 tup, Samarqand viloyati Ingichka konida 21000 tup nihollar yerga qadaldi.

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida 48500 tup daraxt nihollari “Yashil belbog‘” uchun ekilganini ta'kidlash joiz.

Kelgusi yillarda ekish uchun 4 023 290 dona terak qalamchalari o‘tqazib chiqildi.

Daraxt ko‘chatlari ekilgan hududlarning barchasi tomchilab sug‘orish tizimi bilan ta'minlanmoqda.

Ekilgan daraxt ko‘chatlari korxonaning faol ishchilariga parvarishlash, saqlash, agrotexnik tadbirlarni bajarish uchun biriktirilmoqda.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech