Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-33Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-33Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida bugun yirik megaloyihalar amalga oshirilmoqda. Jumladan, “Yoshlik 1” konini oʻzlashtirish” investitsiya loyihasi doirasida dunyo miqyosida eng yirik ma’dan qazish kareri va 3-Mis boyitish fabrikalarini ishga tushirish va 4-Mis boyitish fabrikasining qurish rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, jahon andozalariga javob bera oladigan geologik namunalarni tahlil qilish laboratoriyasi «Bureau Veritas», «ALS» va «SGS» nufuzli kompaniya mutaxassislari bilan ularning tajribalarini oʻrgangan holda qurilib, foydalanishga topshirish arafasida.
Mazkur laboratoriyada geologik namunalar tayyorlash yuqori samaradorlikka ega asbob uskunalar va analitik ishlarni olib boradigan eng sifatli yuqori aniqlikda ishlaydigan jihozlar bil ta’minlanishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, laboratoriya va geologiya sohasida raqamli ma’lumotlardan samarali foydalanish maqsadida, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasi mutaxassislari bilan birgalikda GEOLIMS dasturiy ta’minoti ishlab chiqildi. Hozirda laboratoriya tahlillaridan onlayn holda geologiya mutaxassislari foydalanish imkoniyati vujudga keldi. Mazkur dasturdan yanada kengroq foydalanish maqsadida yangi modullar yaratish koʻzda tutilgan.
Laboratoriyada zamonaviy menejment tizimini joriy etilib, bunda laboratoriya boshqaruv tizimi va yangi metodikalar kiritiladi. Laboratoriyada ishlarni sifat darajasi juda yuqori boʻladi. Sababi, har bir boʻlim namunalarni qabul qilish, ularni maydalash, tahlil ishlariga tayyorlash kabi ketma ketlikda joylashgan.
Markaziy analitika laboratoriyasining Analitika va namuna tayyorlash boʻlinmasi sifatida ish boshlaydigan mazkur zamonaviy laboratoriya “Yoshlik I” konini toʻla toʻkis kon qazish ishlarini inobatga olib va shartnoma asosida boshqa korxonalar talabiga qarab yiliga 220 ming dona namunalarni tayyorlash va tahlil oʻtkazish quvvatiga ega boʻladi.
Bu bilan Qalmoqqir va Yoshlik-1 konlaridan yiliga 160 mln tonna ma’dan qazib olish va uni qayta ishlash imkoniyatiga hamda bir qator yangi ish oʻrinlarining ochilishi koʻzda tutilgan.
Mazkur laboratoriya respublikamizdagi yangi yirik va zamonaviyligi bilan alohida ajaralib turadi.
Binoning qurilish ishlari “Olmaliqmetallurqurilish” tresti tomonidan amalga oshirilmoqda.
Axborot xizmati