• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMKda 1-chorakda dastur bo‘yicha 406,3 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan

16 Aprel 2024, 9:13 747

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida Mahalliylashtirish dasturi samarali amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan, 1-chorakda dastur asosida 240 ta loyiha bo‘yicha 406,3 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi. Bu esa prognozga (371,5 mlrd so‘m) nisbatan 109,4 foizni tashkil etdi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur'ati esa 4 barobar bo‘lib, import o‘rnini bosish samaradorligi 32,6 mln dollarga yetkazildi.

Bunda yangi loyihalar bo‘yicha 314,1 mlrd so‘mlik mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarildi.

2024-yilda mahalliylashtirish dasturiga ko‘ra, 268 ta loyiha bo‘yicha 1,5 trln so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarish belgilangan.

Korxonalar kesimida oladigan bo‘lsak, Markaziy ta'mirlash-mexanika zavodida 102 ta loyiha bo‘yicha 18,5 mlrd so‘mlik, Ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasida 31 ta loyiha bo‘yicha – 32,2 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan. Mis eritish zavodida esa 7,0 mlrd so‘mlik, Portlovchi materiallar zavodida 52,7 mlrd so‘mlik mahsulot tayyorlangan. Shuningdek, 8 ta mexanik-ta'mirlash uchastkalarida 7,7 mlrd so‘mlik, 3-MBF qurilishida ishlatilayotgan metall konstruksiyalari bo‘yicha 196,0 mlrd so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilishiga erishilgan.

Yana bir ahamiyatli jihati o‘tgan 3 oyda 1,2 mln dollarlik mahalliylashtirilgan mahsulotlar - palladiy va texnik rux sulfati eksporti amalga oshirilgan.

Sanoat kooperatsiyasi va “shatakka olish” tizimi orqali 1-chorakda mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalardan 166,9 mlrd so‘mlik mahsulotlar xarid qilinib, prognoz 132%ga bajarilgan (126,5 mlrd so‘m). Jumladan, Olmaliq quyuv mexanika zavodida 40 turdan oshiq (300 mlrd so‘m) quyma mahsulotlarni ishlab chiqarish boshlandi.

Joriy yilning 2-choragi va 1-yarim yilligida ham ushbu ishlar bardavomlik kasb etadi. Xususan, aprel-iyun oylarida 416,9 mlrd so‘mlik birinchi yarim yillikda 788,5 mlrd so‘mlik mahalliylashtirilgan mahsulot ishlab chiqariladi. Shundan 424,6 mlrd so‘mi yoki jami prognozning 53 foizi 3-mis boyitish fabrikasi metall konstruksiyalariga to‘g‘ri keladi.

Umumi qiymati 674,8 mlrd so‘m bo‘lgan 150 ta yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish o‘zlashtiriladi. Natijada esa importni qisqartirish samaradorligi 62,1 mln dollarni tashkil etadi.

“Intercon Roollers” qo‘shma korxonasida konveyer roliklarini ishlab chiqarish iyun oyida ishga tushirilib, oyiga 15 ming dona rolik ishlab chiqariladi va ushbu mahsulotni import qilish to‘xtatiladi.

“Avantec” qo‘shma korxonasida Germaniyalik hamkorlar bilan dastgohlar ishlab chiqarish loyihasi doirasida qurilish ishlari yakunlandi. Bugungi kunda uskunalarni olib kelish va o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.

OKMK Mahalliylashtirish bo‘limi

Bo`lishmoq:
Text to speech