• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMKda 1-yarim yillikda barcha ishlab chiqarish prognozlari bajarilgan

03 Iyul 2024, 12:56 907

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mehnat jamoasi joriy yilning birinchi yarim yilligi bo‘yicha barcha ishlab chiqarish prognozlarini bajarishga muvaffaq bo‘lishdi.

Jumladan, prognoz bo‘yicha 17 867 564 049 000 so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, prognoz esa 116,1%ga bajarilgan.

Prognoz bo‘yicha 15 391 689 516 000 so‘mlik tovar mahsulotlari ishlab chiqarish belgilangan edi,

Shuningdek, 3 354 909 000 so‘mlik xalq iste'moli mollari ishlab chiqarilgan.

1-yarim yillikda mis rudasini qazib olish prognozi 101,8%ga, mis katodini ishlab chiqarish prognozi 100%ga bajarilgan. Mis xom ashyosini qayta ishlash prognozida +102,4%lik o‘sish sur'ati qayd etilgan.

Polimetall rudalarni qazib olish(101,1%) va uni qayta ishlash(100,5%) prognozi ham oshig‘i bilan bajarilgan.

Bundan tashqari, oltin tarkibli rudani qazib olish bo‘yicha ham +100,6%lik o‘sish sur'ati kuzatilgan.

Mis kuporosi, texnik selen va tellur, perrenat ammoniy, palladiy kukuni, molibden 3 oksidi kabi mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha ham belgilangan prognozlar bajarilishi ta'minlangan.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech