• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMKda 10 oylik bashorat ko‘rsatkichlari bajarilishi ta'minlandi

07 Noyabr 2023, 16:11 985

2023-yilning 10 oyi uchun belgilangan rejaviy vazifalar Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mehnat jamoasi tomonidan bajarilishi ta'minlandi.

Jumladan, tovar mahsulotlari ishlab chiqarish rejasi 105%ga bajarildi.

Ruda qazib olish vazifasi 101,7%ga, mis xom ashyosini qayta ishlash rejasi 100,6%ga, konsentratda mis metalli rejasi 106,6%ga bajarildi.

Mis xom ashyosini qayta ishlash va konsentratda mis metalli bo‘yicha Mis boyitish fabrikasi(100,2%-106,6%) va 2-Mis boyitish fabrikasi(104,1%-129,3%) kabi tarkibiy bo‘linmalar o‘zlariga yuklatilgan topshiriqlarni oshig‘i bilan bajarishga muvaffaq bo‘lishdi.

O‘z xom ashyomizdan mis katodi(100%) va rux metalli(101,4%) tayyorlash vazifasi ham bajarilishi ta'minlangan.

Surxon vohasida joylashgan Xondiza kon boshqarmasi mehnat jamoasi ham o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni bajarishganini alohida ta'kidlash joiz.  Xususan, polimetall rudalarni qazib olish(104,8%), uni qaytash ishlash(104,3%) rux konsentratida rux metalli(103,8%) kabi rejalar oshig‘i bilan bajarilgan.

Angren kon boshqarmasi(103,1%-103,2%-101,1%-134,5%), Chodak kon boshqarmasi(101,6%-100,6%-100,4%-168,4%), Kovuldi koni(104,5%-105,4%-109,7-111,0%) kabi  korxonalarda oltin tarkibli rudani qazib olish va uni qayta ishlash, metallda birinchi va ikkinchi metall bo‘yicha vazifalari oshig‘i bilan  ado etildi.

Shuningdek, mis kuporosi(100%), emallangan mis simlarni ishlab chiqarish(100%), texnik selen va texnik tellur(100%), perranat ammoniy(101,5%), palladiy kukuni(118,6%), molibden 3 oksidi(110,4%) kabi mahsulotlar ishlab chiqarish rejalarining bajarilishi ham ta'minlandi.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech