Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMKda “100 matonatli ayol” loyihasi:Qalblarga quvonch ulashib

06 Mart 2026, 9:19 153

Kuni kecha “Metallurg” madaniyat saroyida “Olmaliq KMK” AJda davom etayotgan “Ayollarni e’zozlash oyligi” doirasida “100 matonatli ayol” ijtimoiy loyihasi tashkil etildi.

Tadbirda so‘z olgan “Olmaliq KMK” AJ boshqaruv raisining xodimlar va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Sa’di Shermatov ayollarni Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan kombinat rahbariyati nomidan muborakbod etib, o‘zining samimiy tilaklarini bildirdi.

Ushbu xayrli tashabbus doirasida ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan, nogironligi bo‘lgan hamda ko‘p bolali 100 nafar xotin-qizlarga kombinat rahbariyati tomonidan alohida e’tibor ko‘rsatildi.

Ularning matonati e’tirof etilgan holda, kundalik ro‘zg‘or uchun zarur bo‘lgan zamonaviy maishiy texnika vositalari bayram sovg‘asi sifatida tantanali ravishda topshirildi.

“Metallurg” MS ijodkorlari tomonidan konsert dasturi barcha ayollarni raqsga chorladi.

Bu kabi e’tibor va g‘amxo‘rlikdan mamnun bo‘lgan ayollar Prezidentimiz tomonidan xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan yuksak ehtirom hamda kombinat rahbariyatining doimiy qo‘llab-quvvatlovi uchun o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

Bu kabi loyihalar kombinat jamoasida mehr-oqibat va ijtimoiy hamjihatlik muhitini yana-da mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech