• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMKda 11 oyda 578 796 000 dollarlik mashsulot eksport qilindi

12 Dekabr 2024, 10:21 293

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan yanvar-noyabr holatiga 578 796 000 dollarlik mashsulot eksporti amalga oshirilib, prognoz 115,4%ga bajarildi.

Jumladan, xorijiy iste'molchilarga 11 oyda 49 698 tonna mis mahsulotlari, 27 134 tonna rux mahsulotlari yuborilgan.

Shuningdek, kadmiy, mis kuporosi, reniy, paladdiy kukuni, molibden mahsulotlari, qo‘rg‘oshin konsentrati kabi mahsulotlar eksportida ham prognozlarning bajarilishi ta'minlandi. 

Ma'lumot uchun, 2024-yil uchun 550,0 mln dollarlik mahsulot eksport qilinishi belgilangan bo‘lib, 15-noyabr kuni yillik eksport prognozi muddatidan avval bajarildi. 15-noyabr holatiga 550,8 mln dollarlik mahsulotlar eksport qilindi.

Yildan yilga OKMK eksport geografiyasi kengayib bormoqda. Hozirda kombinat mahsulotlari 19 ta davlatga eksport qilinadi. Xorijga asosan mis, rux, molibden, reniy, qo‘rg‘oshin konsentrati, kadmiy, palladiy kukuni kabi mahsulotlar eksport qilinmoqda.

2024-yilda bir qator yangi bozorlar o‘zlashtirildi. Jumladan, joriy yildan boshlab Gvineya, Senegal, Serbiya, Janubiy Afrika Respublikasi, Marokash, Portugaliya kabi davlatlarga ham mis katankasi va mis kuporosi eksporti amalga oshirilayapti.

Bugungi kunda mamlakatimizda xom ashyodan yuqori qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Yurtimizda qo‘shimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish jadal rivojlanishi oqibatida ichki bozorda misga bo‘lgan talab ham kundan-kunga oshib bormoqda. Shu bois kombinatda qo‘shimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishga ham katta e'tibor qaratilmoqda. Mis klasterini rivojlantirish doirasida yangi korxonalar tashkil etilayapti.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech