Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan o‘tgan 2024-yilda barcha ishlab chiqarish prognozlari bajarilishiga erishildi.
Xususan, 38 149 318 936 000 so‘mlik tovar mahsulotlari ishlab chiqarilib, reja 116,1%ga bajarilgan.
Shuningdek, 7,5 mlrd so‘mlik xalq iste'moli mollari tayyorlangan.
Qalmoqqir kon boshqarmasi tomonidan ma'dan qazib olish prognozi 101,6%ga bajarilib, o‘sish sur'ati +104,6%ni tashkil etgan.
Mis xom ashyosini qayta ishlash bo‘yicha reja 100,1%ga ado etilib, o‘sish sur'ati +101,6% bo‘lgan.
Ushbu yo‘nalishda 2-Mis boyitish fabrikasi prognozi 100,7%ga bajargan.
Kombinatning asosiy mahsuloti bo‘lgan mis katodini ishlab chiqarish rejaviy vazifasi 100%ga bajarilgan.
O‘z xom ashyomizdan mis katodini ishlab chiqarish bo‘yicha reja 107,4%ga bajarilib, +104,1%lik o‘sish sur'ati kuzatilgan.
Konsentratda mis metalli bo‘yicha prognoz 103,1%ga bajarilgan. Mis boyitish fabrikasi ushbu yo‘nalishda rejani 104,2%ga bajargan.
Bundan tashqari, o‘z xom ashyomizdan rux ishlab chiqarish vazifasi 117,1%ga uddalangan.
Xondiza kon boshqarmasi tomonidan polimetall rudalarni qazib olish va ularni qayta ishlash rejasi esa 100,5%ga bajarilgan. Shuningdek, rux konsentratida rux rejasi esa 106,7%ga ado etilgan.
Oltin tarkibli rudalarni qazib olish va qayta ishlash, konsentratda 1- va 2- metall rejaviy vazifalarini bajarilishida Angren, Chodak kon boshqarmalari hamda Kovuldi koni kabi mehnat jamoalarining mehnatlari tahsinga loyiq.
Bundan tashqari, mis kuporosi, texnik selen va tellur, perrenat ammoniy, emallangan mis simlar, paladdiy kukuni, sulfat kislotasi kabi mahsulotlarni ishlab chiqarish vazifalarining bajarilishi ham ta'minlangan.
OKMK Axborot xizmati