• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMKda 2024-yilning birinchi oyida barcha prognozlari bajarilishi ta'minlandi

08 Fevral 2024, 9:48 1244

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mehnat jamoasi tomonidan 2024-yilning dastlabki oyida barcha ishlab chiqarish prognozlarining bajarilishi ta'minlandi.

Jumladan, tovar mahsulotlari ishlab chiqarish prognozi 127%ga bajarildi.

Ruda qazib olish prognozida +127,3%lik o‘sish sur'ati qayd etilib, prognoz 102%ga bajarilishi ta'minlandi.

Shuningdek, mis xom ashyosini qayta ishlash vazifasida +105,5%lik o‘sish sur'atiga erishildi. Mis xom ashyosini qaytash ishlash prognozini bajarilishida 2-Mis boytish fabrikasi mehnat jamoasini alohida ta'kidlash joiz. Ular tomonidan ushbu vazifa 113,5%ga bajarildi.

Asosiy mahsulotimiz bo‘lgan mis katodi ishlab chiqarish prognozi ham bajarilishi 100%ga ta'minlangan. O‘z xom ashyomizdan ham mis katodi va rux kabi mahsulotlarni ishlab chiqarishda vazifalar uddalangan.

Surxon vohasida joylashgan Xondiza kon boshqarmasi mehnat jamoasi tomonidan polimetall rudalarni qazib olish(103,9%), uni qayta ishlash(101,3%), rux konsentratida rux(105,8%) prognozlarini ham bajarishganini alohida ta'kidlash joiz.

Oltin tarkibli rudalarni qazib olish, qayta ishlash, konsentratda 1-metall va 2-metall kabi prognozlarining bajarilishida Angren kon boshqarmasi, Chodak kon boshqarmasi, Kovuldi koni kabi mehnat jamoalarini ham e'tirof etish zarur.

Bundan tashqari, mis kuporosi, texnik selen va tellur, perrenat ammoniy, palladiy kukuni, molibden 3 oksidi kabi mahsulotlarni ishlab chiqarish progonozlari ham bajarilgan.

Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar eksporti borasida ham belgilangan prognozlar bajarilishi ta'minlandi. Jumladan, 2024-yilning yanvar oyida 31 101 000 dollarlik mahsulot eksporti amalga oshirilib, prognoz 103,2%ga bajarilgan.

Yanvar oyida 24 054 tonna mis mahsulotlari(101,2%), 964 tonna rux mahsulotlari(101,7%), 381 tonna mis kuporosi(128,3%), 72 tonna molibden mahsulotlari(120%), 1 135 tonna qo‘rg‘oshin konsentrati(o‘sish sur'ati +331,3%) kabi mahsulotlar xorijlik importyorlarga yuborilgan.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech