"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mehnat jamoasi tomonidan 2025-yil uchun belgilangan barcha ishlab chiqarish prognozlarining bajarilishi ta’minlandi.
Jumladan, 2025-yil yakunlariga ko‘ra, 51,6 trln so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilib, prognoz 119,8 foizga bajarildi.
Shuningdek, 8,97 mlrd so‘mlik xalq iste’mol mollari ishlab chiqarilib, prognoz 119,7%ga bajarilishi ta’minlandi.
Bundan tashqari, mis ma’danlarini qazib olish bo‘yicha o‘sish sur’ati 104,6%, mis xom ashyosini qayta ishlash bo‘yicha o‘sish sur’ati 105,3%ni tashkil etdi.
Kombinatning asosiy mahsuloti bo‘lgan mis katodi ishlab chiqarish vazifasi 100%ga, o‘z xom ashyomizdan ushbu mahsulot tayyorlash rejasi 104,9%ga ado etildi.
Rux metalli bo‘yicha yillik prognoz 104,2%ga, o‘z xom ashyomizdan rux ishlab chiqarish prognozi 100,4%ga bajarildi.
Polimetall ma’danlarni qazib olish(100,0%) hamda ularni qayta ishlash(100,7%) vazifalari ham uddalandi.
Oltin tarkibli ma’danlarni qazib olish hamda ularni qayta ishlash vazifalari ham bajarilishi ta’minlandi.
Shuningdek, mis kuporosi, texnik selen va tellur, perrenat ammoniy, palladiy kukuni, sulfat kislotasi kabi mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha ham ko‘zlangan natijalarga erishildi.
OKMK Byudjetlashtirish va xarajatlarni nazorat qilish departamenti