Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMKda 3D lazerli skanerlash texnologiyasi muvaffaqiyatli sinovdan oʻtkazildi

06 Iyul 2026, 8:50 114

"Olmaliq KMK" AJda ishlab chiqarish jarayonlarini raqamlashtirish hamda zamonaviy geodezik texnologiyalarni amaliyotga joriy etish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Mazkur yoʻnalishda kuni kecha  Markaziy apparat marksheyderlik boʻlimi xodimlari tomonidan zamonaviy 3D lazerli skanerlash texnologiyasining imkoniyatlarini baholash maqsadida amaliy taqdimot va sinov ishlari oʻtkazildi.

Sinov jarayonida FJD Trion S2 3D lidar skaneri yordamida murakkab relyefga ega boʻlgan yer osti shaxtasining 200 metrlik qismi atigi 15 daqiqa ichida skanerlandi. Olingan maʼlumotlar asosida shaxtaning yuqori aniqlikdagi 3D raqamli modeli yaratilib, qazib olingan hajmlar hisoblab chiqildi.

Shuningdek, bajarilgan ishlar natijasida yer osti obyektlarini qisqa vaqt ichida raqamlashtirish, hajmiy hisob-kitoblarni amalga oshirish hamda marksheyderlik oʻlchovlarini zamonaviy texnologiyalar asosida bajarish imkoniyatlari namoyish etildi. Amaliy sinovlarda Markaziy apparatning marksheyderlik boʻlimi mutaxassislari, Kovuldi kon boshqarmasi marksheyderlik boʻlimi xodimlari va "INSTRUMART" kompaniyasi texnik xodimlari ishtirok etishdi.

Sinov yakunlariga koʻra, kon marksheyderlari tomonidan belgilangan texnik talablar toʻliq bajarildi. Ushbu uskunaning ishlab chiqarish jarayonlari samaradorligini oshirish, geodezik va marksheyderlik oʻlchovlarini yuqori aniqlikda hamda xavfsiz tarzda amalga oshirish, shuningdek, konchilik sohasida raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirishdagi imkoniyatlari amaliy jihatdan isbotlandi.

Davron Djumabayev,
Markaziy apparat marksheyderlik boʻlimi topografik-geodezik va

marksheyderlik ishlaridagi o‘lchovchi

Bo`lishmoq:
Text to speech