• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMKda 4 oyda 177,7 mln dollarlik eksport amalga oshirildi

13 May 2024, 8:31 1303

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar eksporti borasida 2024-yil yanvar-aprel holati bo‘yicha prognoz 105%ga bajarildi. O‘tgan 4 oy mobaynida 177 786 000 dollarga mahsulotlar eksporti amalga oshirildi.

Xususan, 15 653 tonna mis mahsulotlari, 9 372 tonna rux mahsulotlari, 242 tonna molibden mahsulotlari xorijlik iste'mochilarga yetkazib berilgan.

Reniy(220%), kadmiy(100,4%), mis kuporosi(145,8%), qo‘rg‘oshin konsentrati(113,3%) kabi mahsulotlarning eksporti prognozi oshig‘i bilan bajarilishi ta'minlangan.

Ta'kidlash joizki kombinat mahsulotlari 20 dan ortiq davlatlarga eksport qilinmoqda. Yildan yil mahsulotlar eksport geografiyasi kengaymoqda. Jumladan, 2023-yilda mis katankasi va mis kuporosi eksportida yangi bozorlar – Amerika Qo‘shma Shtatlari, Meksika va Finlyandiya kabi davlatlar o‘zlashtirildi.

Ma'lumot uchun, bugungi kunda mamlakatimizda xom ashyodan yuqori qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Yurtimizda qo‘shimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish jadal rivojlanishi oqibatida ichki bozorda misga bo‘lgan talab kundan-kunga oshib bormoqda. Shuningdek, kombinatda qo‘shimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishga katta e'tibor qaratilmoqda.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech