Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Bugun OKMK ijro apparatida kombinat boshqaruvi raisi Abdulla Xursanov boshchiligida joriy yilning o‘tgan 4 oyi yakunlari hamda kelgusida amalga oshiriladigan vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda OKMK boshqaruvi raisi o‘rinbosarlari, bo‘limlar boshliqlari, tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari ishtirok etishdi.
Tadbirda joriy yilning yanvar-aprel holati bo‘yicha Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan barcha ishlab chiqarish bashorat ko‘rsatkichlari bajarilgani ta'kidlandi. Jumladan, kombinat tomonidan o‘tgan 4 oyda 10 666,5 mlrd so‘mlik tovar mahsuloti ishlab chiqarilib, reja 121,8%ga bajarilgan. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur'ati esa 118,5%ni tashkil etgan.
Mahsulot eksporti borasida ham salmoqli natija qayd etilgan. Xususan, 345,9 mln dollarlik mahsulot eksporti amalga oshirilib, rejaviy vazifa 148,3% uddalangan. 4 561,1 mlrd so‘m mablag‘ byudjetga to‘lovlarga yo‘naltirilib, reja 193,9%ga bajarilgan. Yana bir muhim jihat OKMK o‘tgan 4 oyda 2 361,2 mlrd so‘mlik sof foydaga erishgan holda bu yo‘nalishda reja 130,2%ga uddalangan.
Mahalliylashtirish dasturining ijrosi bo‘yicha ham kombinatda samarali ishlar amalga oshirib kelinayapti. Dastur bo‘yicha 89,0 mlrd so‘mlik mahsulotlar tayyorlanib, reja 135,3%ga bajarilgan.
Investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha 78,2 mln dollar mablag‘ o‘zlashtirilib, reja 100,8ga bajarilgan.
Mahsulotlar kesimida qaraydigan bo‘lsak 45 365 tonna mis ishlab chiqarilib, reja 100%ga bajarilgan. Oltin va kumush ishlab chiqarish bo‘yicha ham belgilangan natijaga erishilgan.
O‘tgan davrda 267 299 tonna sulfat kislotasi ishlab chiqarilib, reja 101,1%ga ado etilgan. Shuningdek, molibden uch oksidi ishlab chiqarish bo‘yicha reja 108,2%ga bajarilib, 364,1 tonna ushbu mahsulot tayyorlangan.
OKMK Axborot xizmati