Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentyabrdagi PQ-3954-sonli qarori asosida “Olmaliq KMK” AJning asosiy ishlab chiqarish quvvatlarini rekonstruksiya qilish va barqarorlashtirish dasturi”ga ko‘ra, 2022-yilda Rux zavodida 6-sonli sulfat kislotasi sexi qurilishini boshlash belgilangan.
Ushbu belgilangan vazifalarning ijrosini ta'minlash maqsadida 2022-yilning 11-may kuni OKMK rahbariyati hamda Germaniyaning Metso Outotec kompaniyasi vakillari o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Unda Rux zavodida 6-sonli sulfat kislotasini qurish bo‘yicha ikki tomonlama shartnoma imzolandi.
Shartnomaga ko‘ra, Metso Outotec kompaniyasi 6-sonli sulfat kislotasini qurish bo‘yicha loyiha hamda texnologik uskunalar taqdim etadi.
Metso Outotec kompaniyasi barqaror rivojlanish texnologiyalari, noruda materiallar ishlab chiqarish, foydali qazilmalarni qayta ishlash va metallurgiya sanoatida qo‘llaniladigan kompleks yechimlar va xizmatlar sohasida dunyoda yetakchi hisoblanadi.
Mazkur sex qurilishi natijasida ma'nan va jismonan eskirgan, Rux zavodidagi mavjud sul'fat kislotasi sexi foydalanishdan to‘xtatiladi. Yangi sex texnologik jaryonda hosil bo‘luvchi chiqindi gazlarni atrof muhitga tarqalishni kamaytiradi. Bu o‘z navbatida ekologik vaziyatni yaxshilanishiga xizmat kilishi bilan ahamiyatldidir.
OKMK Axborot xizmati