Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-332022 yil yanvar-avgust holatiga ko‘ra, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mehnat jamoasi tomonidan barcha ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari bajarildi.
Jumladan, tovar mahsulotlari ishlab chiqarish rejaviy vazifasi 114,8%ga bajarilgan.
Qalmoqqir konida ruda qazib olishda reja 100,2%ga uddalandi.
Mis xom ashyosini qayta ishlash bo‘yicha 100,1%lik o‘sish sur'ati qayd etilgan. Shu yo‘nalishda Mis boyitish fabrikasida 100,1%lik o‘sish sur'atiga erishilgan. 2-Mis boyitish fabrikasida esa reja 100,9%ga uddalangan holda, 100,5%lik o‘sish sur'ati kuzatilgan.
Konsentratda mis rejasi 100,8 %ga bajarilgan.
Mis katodi ishlab chiqarish bo‘yicha ham barcha bashorat ko‘rsatkichlari ado etilgan. Bu yo‘nalishda reja 100%ga ado etilgan.
Rux metallini ishlab chiqarish rejasi 101,6%ga bajarilib, o‘sish sur'ati 100,9% bo‘lgan.
O‘z xom ashyomizdan rux metalli ishlab chiqarish bo‘yicha esa rejaviy vazifa 106,3%ga bajarilib, 130,9%lik o‘sish sur'ati kuzatilgan.
Sulfat kislotasi ishlab chiqarish rejasi esa 105,9%ga ado etilgan. O‘sish sur'ati esa 105,3% bo‘lgan. Mis eritish zavodida sulfat kislota ishlab chiqarish bo‘yicha reja va o‘sish sur'atida 105,8%lik natija qayd etildi.
Rux zavodida esa bu yo‘nalishda reja 106,7%ga bajarilib, 101,9%lik o‘sish sur'atiga erishilgan.
Mis kuporosi, emallangan mis simlar, texnik selen, texnik tellur ishlab chiqarish rejasi 100%ga bajarilgan.
Eksport mahsuloti sanalgan mis quvurlari tayyorlash bo‘yicha reja 109,7%ga uddalangan.
Perranat ammoniy ishlab chiqarish rejasi esa 137,3%ga, molibden 3 oksidi ishlab chiqarish rejasi 114,6%ga bajarilgan.
Kombinat tarkibidagi yer osti konlari mehnat jamoalari ham belgilangan vazifalarni bajarishganini quyidagi raqamlarda ko‘rishimiz mumkin.
Xondiza kon boshqarmasi
Polimetall rudani qazib olish – 101,6%.
Polimetall rudani qayta ishlash – 101,9%, o‘sish sur'ati – 101,1%.
Rux konsentratida rux miqdori – 114,9%.
Angren kon boshqarmasi
Oltin tarkibli rudani qazib olish – 103,4%.
Rudani qayta ishlash – 103,3%.
Konsentratda birinchi metall – 104,0%.
Konsentratda ikkinchi metall – 132,6%.
Chodak kon boshqarmasi
Oltin tarkibli rudani qazib olish – 102,7%. O‘sish sur'ati – 100%.
Rudani qayta ishlash – 102,5%.
Konsentratda birinchi metall – 102,1%.
Konsentratda ikkinchi metall – 130,8%.
Kovuldi koni
Oltin tarkibli rudani qazib olish – 100,4%. O‘sish sur'ati – 118,1%.
Rudani qayta ishlash – 100,2%. O‘sish sur'ati – 126,1%
Konsentratda birinchi metall – 103,1%.
Konsentratda ikkinchi metall – 104,5%. O‘sish sur'ati 111,9%.
OKMK Axborot xizmati