"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Kuni kecha "Olmaliq KMK" AJ boshqaruv organining “9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan “Olmaliq KMK”AJda Aksilkorrupsiya dolzarb haftaligini yuksak saviyada tashkil etish hamda keng koʻlamda nishonlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi qabul qilindi.
Buyruqqa koʻra “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati Markaziy apparat boʻlim, xizmat va departamentlari, hamda tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari barcha tarkibiy boʻlinmalarda “Korrupsiyaga qarshi kurashish - umummilliy vazifa, har bir vatanparvar yurtdoshimizning vijdon ishi!” shiori ostida oʻtkaziladigan tadbirlarni yuksak saviyada tashkil etish va keng koʻlamda nishonlashi belgilandi.
Shuningdek, buyruq asosida Chora-tadbirlar dasturi va kombinat Markaziy apparat boʻlim, xizmat va departamentlari hamda tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari tizimdagi barcha korxona va tarkibiy boʻlinmalar kesimida oʻtkaziladigan mavzuga oid “Ochiq eshiklar” reja-jadvali tasdiqlandi.
Chora-tadbirlar dasturiga koʻra, “Olmaliq KMK” AJ tarkibiy boʻlinmalarida sodir etilishi mumkin boʻlgan korrupsiyaviy huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida kombinat markaziy apparati, shuningdek tarkibiy boʻlinma va korxonalar xodimlari oʻrtasida targʻibot va tashviqot ishlarini olib borish maqsadida davra suhbatlari, ochiq eshiklar kuni va seminarlar oʻtkaziladi.
Sana munosabati bilan kombinat markaziy apparati hamda tizimdagi korxona va tarkibiy boʻlinmalarda korrupsiyaning zararlari haqida qisqa metrajli filmlar, ijtimoiy roliklar, turkum koʻrsatuvlar, eshittirish, podkastlar, maqolalar orqali targʻibot ishlari amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, kombinat tarkibiy boʻlinmalari va korxonalari yoshlari oʻrtasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish umummilliy vazifa, har bir vatanparvar yurtdoshimizning vijdon ishi” mavzusida “Eng yaxshi maqola”, “Eng yaxshi rasm”, “Eng yaxshi taqdimot”, “Eng yaxshi sheʼr” va “Eng yaxshi ijtimoiy videorolik”lar, shuningdek, “Korrupsiya bolajonlar nigohida”, “Aksilkorrupsiyaviy qonunchilik bilimdoni” koʻrik-tanlovlar oʻtkaziladi.
“9-dekabr - Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan Kombinat tarkibiy boʻlinmalarining muhandis texnik va rahbar xodimlari oʻrtasida mini futbol boyicha tashkil etiladigan musobaqa ham qiziqarli boʻlishi shubhasiz.
Axborot xizmati