Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMKda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni nishonlandi

12 May 2025, 8:40 790

Ma'lumki har yili 7-may sanasi yurtimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni sifatida nishonlab kelinadi.

Bugungi kunda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida ham soha vakillari samarali faoliyat yuritib kelishmoqda. Aynan ushbu soha vakillarining sa'yi-harakatlari evaziga bugun OKMKda ishlab chiqarish jarayoniga axborot texnologiyalari va raqamlashtirishning joriy etilishi borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

Sana munosabati bilan “Bahor” mehmonxonasida soha vakillari uchun bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda so‘z olgan OKMK boshqaruv raisining xodimlar va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Sa'di Shermatov soha vakillarini kasb bayrami bilan qutlab, bugungi kunda kombinatda yuqori mehnat samaradorligini ta'minlashda raqamlashtirishning o‘rni katta ekanligini ta'kidlab, o‘zining samimiy tilaklarini bildirib o‘tdi.

Tadbirda 10 nafar soha ilg‘orlariga O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatovning tashakkurnomalari taqdim etildi.

Shuningdek, bir guruh faol ishchi-xodimlar kombinat Faxriy Yorlig‘i va qimmatbaho sovg‘alar bilan rag‘batlantirildi.

Ma'lumot o‘rnida bugungi kunda OKMKda  Raqamlashtirish departamenti, Raqamli transformatsiya va ERP joriy etish loyiha ofisi, Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasi kabi axborot texnologiyalari bilan bog‘liq tarkibiy bo‘linmalar faoliyat yuritib keladi. Shuningdek, asosiy tarkibiy bo‘linmalarning har birida Texnologik jarayonlarni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi xizmatlari faoliyati ham yo‘lga qo‘yilgan.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech