• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33

OKMKda ayollar salomatligi e'tiborda

29 Yanvar 2025, 13:5 842

Ma'lumki, onkologik kasalliklar hech qanday sipmtomlarsiz, birorta belgilarsiz vujudga keladi. Oqibatda ularni aniqlash imkoni judayam qiyinlashadi. Kasallik qancha kech aniqlansa, kasallik darajalariga qarab ularni davolash imkoniyati ham ancha pasayadi. Ayollarda uchraydigan onkologik kasalliklar juda jiddiy muammo hisoblanadi. Bu kasalliklarning oldini olish uchun ayollarimizga bir yilda bir marta tibbiy ko‘rikdan o‘tish tavsiya qilinadi.

Bu borada OKMKda ayollarning mehnat sharoitlarini yanada yaxshilash, salomatliklarini mustahkamlashga yo‘naltirilgan ko‘plab chora-tadbirlar amalga oshirib kelinyapti.

Jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Toshkent viloyati filiali bilan hamkorlikda onkologiya kasalliklarini erta bosqichda aniqlash va davolash maqsadida seminarlar davom etmoqda.

Joriy yilnig 28-yanvar kuni Sanoat temiryo‘l transport boshqarmasi “Temiryo‘lchilar” madaniyat saroyida o‘tkazilgan seminarda tajribali onkolog, mammolog, ginekolog shifokorlar tomonidan ayollarga onkologiya xastaliklari bo‘yicha to‘liq ma'lumotlar berildi.

Shifokorlar bir yilda bir marta ayollarni ginekolog ko‘rigidan, tekshirishdan o‘tish kasallikni erta aniqlashda yordam berishini ta'kidlashdi. Bu tekshiruvlarning samarali jihati shundaki, hujayralardagi eng kichik o‘zgarishlargacha oldindan aniqlab, vaqtliroq muolajalarni olib borish orqali ayollarda hech qanday asoratlar qoldirmasdan, bu kasallikni qaytalanishining oldini olish imkonini beradi.

Shuningdek, seminar davomida Tibbiyot fanlari nomzodi onkomammolog Muqaddas To‘xtaboyeva, tibbiyot fanlari nomzodi onkoginekolog Dilfuza Nabiyevalar tomonidan alohida murojaatlarga ham e'tibor qaratildi.

Shu kuni onkologiya bo‘yicha mutaxassislarning kombinat Tibbiy sanitar qismi xodimlari, shifokor va hamshiralar bilan ham amaliy seminari tashkil etildi.

Bu kabi seminarlarni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad - onkologik kasalliklarning dastlabki belgilarini aniqlashda ishchi xodimlarga tushuntirish targ‘ibot ishlarini olib borish va tibbiy ko‘rikni samarali tashkil etishda Tibbiy sanitar qismi shifokorlarining ham mas'uliyati va ishtirokini oshirishdan iborat.

Ma'lumot uchun: Ayni vaqtda "Olmaliq KMK" AJda 7600 nafarga yaqin xotin-qizlar faoliyat yuritib kelmoqda.

Axborot xizmati

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Close menu