Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMKda “Ayollarni e’zozlash oyligi” start oldi

17 Fevral 2026, 8:45 71

Mamlakatimizda 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayramini keng nishonlash, shuningdek, joriy yil 15-fevraldan 5-martga qadar "Ayollarni e’zozlash oyligini yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasining bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida ham oylik doirasida bir qator tadbirlar o‘tkazilishi belgilandi.

Jumladan, “Olmaliq KMK” AJda “Ayollarni e’zozlash oyligi”ni o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Dasturga ko‘ra, kombinatning 50 nafar faol xotin-qizlari uchun Islom sivilizatsiya markaziga sayohat tashkil etiladi.

Shuningdek, 200 nafar ijtimoiy ehtiyojmand xotin-qizlar va kombinatning faol ayollari homiylik asosida poytaxtdagi teatrlarga yuboriladi.

Bundan tashqari, oylik doirasida 200 nafar ijtimoiy ehtiyojmand xotin-qizlar va kombinatning faol ayollarning poytaxtimizda o‘tkaziladigan “Muqaddassan, ayol!” bayram galakonsertiga borishi ta’minlanadi.

Oylik doirasida OKMKda xotin-qizlar salomatligini muhofaza qilish 10 kunligi o‘tkaziladi. Unda reja jadval asosida tarkibiy bo‘linmalarda sayyor tibbiy ko‘riklar tashkil etilib, tadbirda 2 ming nafar xotin-qizlar qamrab olinadi.

Dastur ko‘ra, barcha tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari o‘z korxonalarida mehnat qilayotgan xotin-qizlar bilan ularning yutuq va muammolari, takliflarini o‘rganish yuzasidan ochiq muloqotlar ham o‘tkazishi belgilgandi.

1-mart - shoira Zulfiya tavalludi munosabati bilan “Zulfiyaxonim izdoshlari” ko‘rik-tanlovi o‘tkazilib, mehnat jamoalarida adabiy kecha va uchrashuvlar tashkil etiladi. Mazkur tadbirlarga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasidan ijodkorlar  taklif qilinadi.

Dastur bo‘yicha Xotin-qizlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinini tashkil etish, OKMK Xotin-qizlari uchun kino va teatr kunlarini o‘tkazish belgilandi. Kino va teatr kunlari davomida “Metallurg” MS zalida milliy qadriyatlar, o‘zbek ayollarini e’zozlovchi, ma’naviy-ahloqiy targ‘ibot mavzularidagi filmlar va teatr tomoshalari namoyish etiladi.

Dastur bo‘yicha OKMKda “100 matonatli ayol” ijtimoiy loyihasi ham tashkil etilib, unda ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan yoki nogironligi bo‘lgan, voyaga yetmagan, ko‘p bolali ayollar ijtimoiy-moddiy qo‘llab-quvvatlanadi.

OKMK xotin-qizlari o‘rtasida  o‘tkaziladigan “Oilam uchun 5000 qadam” salomatlik aksiyasi ham ayollarning salomatligini asrash borasida muhim ahamiyat kasb etadi.

Hozirda faoliyat yuritib kelayotgan “OKMK ko‘ngillilari” volontyor ayollar guruhi hamda  “OKMK oltin qo‘llari” klubi ishlarini yanada rivojlantirish maqsadida muloqotlar tashkil etiladi.

Shuningdek, dasturga ko‘ra, “OKMKda kitobxon onalar kuni”ni, “Xavfsiz mehnat - xavfsiz hayot” shiori ostida sanoatda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning mehnat muhofazasi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar taqdimoti, Ayollarning huquqiy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish ham dasturda ko‘zda tutilgan.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech