"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33O‘zbekiston davlat korxonalarida xalqaro ESG standartlarini joriy etish hamda barqaror rivojlanish tamoyillarini amaliyotga tatbiq etish maqsadida “UzAssets” AJ Osiyo taraqqiyot banki ko‘magida hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi bilan hamkorlikda O‘zbekistonning yirik davlat kompaniyalari mutaxassislari uchun ikki bosqichli "ESG Center of Excellence" ta’lim dasturini amalga oshirdi.
2026-yil 3-iyul kuni ushbu dasturning ilk bitiruvchilariga sertifikatlar topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, mamlakatdagi barcha davlat korxonalari xodimlari uchun ESG bo‘yicha ta’lim olish imkoniyatini yaratuvchi yangi onlayn kurs ishga tushirilgani e’lon qilindi.
Tadbir davomida barqaror rivojlanish O‘zbekiston davlat korxonalarining raqobatbardoshligini belgilovchi muhim omilga aylanayotgani ta’kidlandi. Mazkur tamoyillar kapital jalb qilish imkoniyatlari, investorlar ishonchi, shuningdek, kompaniyalarning xalqaro bozorlarga chiqishi, IPO o‘tkazishi va xususiylashtirish jarayonlariga tayyorgarligiga bevosita ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Quvonarlisi, ushbu nufuzli dasturda “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ Barqaror rivojlanish bo‘limi boshlig‘i Rustam Ahmedov ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, ESG sohasidagi malakasini tasdiqlovchi sertifikatga sazovor bo‘ldi.
Mazkur dastur korporativ boshqaruv, ekologik va ijtimoiy mas’uliyat, barqaror rivojlanish hamda xalqaro ESG standartlarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan.
OKMK mas’ul xodimining ushbu dasturda qatnashishi kombinatda ESG tamoyillarini yanada rivojlantirish va xalqaro ilg‘or amaliyotlarni joriy etish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri hisoblanadi.
Axborot xizmati