Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida bir qator ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar va ijtimoiy aksiyalar o‘tkazilmoqda.
Jumladan, OKMK Ma'naviyat va ma'rifat kengashi, Xotin-qizlar va gender tenglik bo‘yicha Maslahat kengashi, Axborot xizmati, OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi, Yoshlar ittifoqi hamkorligida “Birgalikda katta kuchmiz!” shiori ostida 10 kunlik ijtimoiy aksiyasi o‘tkaziladi.
Aksiya 20-30 avgust kunlari tashkil etiladi.
Aksiya doirasida mehnat jamoalarida mehnat faxriylari bo‘lgan va faol, fidoyi, yetuk mutaxassis, ijodkor va hunarmand xodimlar, xotin-qizlar, yoshlar rag‘batlantiriladi.
Shuningdek, Davlat mukofotlari, ko‘krak nishonlari sovrindorlari, iste'dodli xodimlar ishtirokida bayramoldi targ‘ibot tadbirlari, uchrashuvlar tashkil etiladi.
Kombinatda mehnat faoliyatini olib borayotgan, ehtiyojmand, boquvchisini yo‘qotgan, oilasida nogironligi yoki salomatligida jiddiy muammo bo‘lgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj 100 nafar oilalarga kombinat rahbariyatining tabrigi va estalik sovg‘alari yetkazilishi ham aksiyada belgilangan.
Bundan tashqari, aksiya doirasida mehnat faxriylari, faol xotin-qizlar va yoshlar, shuningdek, ehtiyojmand oilalarni poytaxtning diqqatga sazovor joylariga, “G‘alaba” bog‘iga, “Yangi O‘zbekiston” bog‘lariga sayohatlari ham tashkil etiladi.
Axborot xizmati