Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida mahalilylashtirish dasturi samarali amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, 2023-yilning yanvar-avgust holatiga ko‘ra, dastur doirasida 140 ta loyiha bo‘yicha amalda 239,0 mlrd so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, rejaviy vazifa (206,6 mlrd so‘m) 115,7%ga bajarildi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish 124,2 foizni tashkil etdi.
Import o‘rnini bosish samaradorligi 20,8 mln dollarni tashkil etdi.
2023-yil Mahalliylashtirish dasturi bo‘yicha 137 loyiha asosida 321,7 mlrd so‘mlik mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarilishi belgilangan.
Joriy yilning aprel oyidan Mahalliylashtirish dasturiga qo‘shimcha 2 818,7 mln so‘mlik “Ferromolibden” mahsulotini ishlab chiqarish bo‘yicha yangi 1 ta loyiha kiritilib, loyihalar soni 138 tani, 2023-yil prognoz ko‘rsatkichi 324,5 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Shuningdek, hisobot oyida Mahalliylashtirish dasturiga yana qo‘shimcha ravishda 911,4 mln so‘mlik yangi 5 ta yangi loyihalar kiritilib, loyihalar soni 143 tani, prognoz ko‘rsatkichi 325,4 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Yanvar-iyul oylari rejasiga kiritilgan yangi loyihalar bo‘yicha 66,9 mlrd so‘mlik (prognoz 56,2 mlrd so‘m) mahsulotlar ishlab chiqarildi. Xususan, har xil turdagi “Nasoslar uchun ehtiyot qismlar”, “Misdan novalar”, “Stropalar”, “Palladiy metalli”, “Shaxta elektrovozlariga ehtiyot qismlar”, “Molibden va Volfram tuzlari”,“Yuqori haroratga chidamli keramik mahsulotlar”, “Volfram karbidi”, “Shamot g‘ishtlari”, “Sferali sharli tayanchlar”, “Flotamashinalar uchun ehtiyot qismlar”, “Ferromolibden” kabi mahsulotlarni ishlab chiqarish o‘zlashtirildi.
Qo‘shimcha ravishda o‘zlashtirilishi belgilangan yangi turdagi import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha ham salmoqli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
OKMK rahbariyati hamda mas'ul bo‘limlarning mutaxassislari tomonidan domimiy ravishda mahalliy ishlab chiqaruvchi korxona vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.
Mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan kombinat tomonidan avval import qilingan mahsulotlarni o‘zlashtirish bo‘yicha ishlar tashkil etilgan. Jumaladan, “Olmaliq quyuv mexanika zavodi” MChJda qiymati 25 mln dollarlik loyiha bo‘yicha ishlab chiqarish hajmi 300 mlrd so‘mlik 40 turdagi quyma mahsulotlarni o‘zlashtirish ishlari boshlangan. Korxonada qurilish ishlari yakunlangan. Hozirda asbob-uskunalarni o‘rnatish ishlari tugallanmoqda. Korxona sentyabr oyi yakunigacha ishga tushiriladi.
Bundan tashqari, “Deutsche innovationen Technologie AGMK” QK MChJ tomonidan turli geokompozit, polimer va stekloplastik, truba va konteyner mahsulotlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Ushbu korxonaning ishlab chiqarish maydonida “Falk Porsche Technik” GmbH (Germaniya) kompaniyasi bilan hamkorlikda quvvati 50 000 tonna misni qayta ishlashga mo‘ljallangan loyiha qiymati 20 mln dollar bo‘lgan “Misdan katanka va yangi turdagi kabel mahsulotlari” loyihasining 1-bosqichi ishga tushiriladi. Ushbu loyihaning ishlab chiqarish hajmi 450 mln dollarni tashkil etadi.
Ushbu korxona bilan Metallurgiya kompleksi uchun “Mis katodlari elektrolizlari uchun polimerbeton vannalar” loyihasi bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarish tashkil etiladi. Ushbu loyihaning qiymati 5 mln dollar bo‘lib, ishlab chiqarish hajmi 24 mln dollarni, quvvati 1500 dona elektroliz vannalari ishlab chiqarishni tashkil etadi.
Bundan tashqari, “AVM” (Germaniya) korxonasi bilan hamkorlikda “Gorizontal tokarlik frezerli ishlov berish raqamli markazlari” loyihasi bo‘yicha ishlab chiqarish boshlandi. Loyihaning qiymati 2,2 mln dollar bo‘lib, ishlab chiqarish hajmi 35 mln yevroni, quvvati 80 komplekt raqamli markaz-dastgohlar ishlab chiqarishni tashkil etadi.
Shuningdek, kombinat tomonidan 2024-yildan boshlab quyidagi loyihalar amalga oshirilishi kutilmoqda:
1) Qiymati 500 mln dollar bo‘lgan “Yangi mashinasozlik zavodini qurish” loyihasini amalga oshirish orqali umumiy quvvati 55 000 t quyma mahsulotlar, ehtiyot qismlarni ishlab chiqarish ta'minlanadi.
2) “Fiberpipe” (Germaniya) kompaniyasi bilan hamkorlikda qiymati 10 mln dollar bo‘lgan “Kimyoviy chidamkor shisha tolali mahsulotlar” loyihasini amalga oshirish orqali kombinat hamda neft, gaz va kimyo sanoati ehtiyojlari uchun avval import qilingan kimyoviy chidamkor quvurlar, rezervuar baklar va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish ta'minlanadi.
3) “MENZEL” (Germaniya) kompaniyasi bilan hamkorlikda qiymati 15 mln dollar bo‘lgan “Yangi turdagi sanoat elektrodvigatellarini ishlab chiqarish” loyihasini amalga oshirish orqali respublika sanoat korxonalari ehtiyojlari uchun avval import qilingan elektrodvigatellar mahsulotlarini ishlab chiqarish ta'minlanadi.
Ma'lumot o‘rnida aytish mumkinki, kombinatda mahalliylashtirish dasturi asosan Markaziy ta'mirlash mexanika zavodi, Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi hamda Rux zavodi kabi korxonalar tomonidan amalga oshiriladi.
Dilshodbek Xoldaraliyev,
OKMK Mahalliylashtirish bo‘limi boshlig‘i