"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJda ishchi-xodimlar o‘rtasida huquqiy ong va madaniyatni rivojlantirish, sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash hamda qonun ustuvorligini ta’minlash maqsadida keng ko‘lamli “Dolzarb 30 kunlik” umumiy profilaktik tadbirlariga start berildi.
OKMK boshqaruv raisi tomonidan tasdiqlangan maxsus rejaga muvofiq, joriy yilning 5-mayidan 9-iyuniga qadar kombinatning barcha tarkibiy bo‘linmalarida diniy ekstremizm, aqidaparastlik, kiberjinoyatchilik va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan umumiy profilaktik tadbirlar o‘tkazilishi belgilangan.
Jumladan, joriy yilning 5-6 may kunlari Mis boyitish fabrikasi, Texnik nazorat xizmati, Mis eritish zavodi, Metallurgiya majmuasini qurish bo‘yicha direksiya, Markaziy ta’mirlash mexanika zavodi va Rux zavodi kabi korxonalarda o‘tkazilgan tadbirlarda OKMK boshqaruv raisining xavfsizlik bo‘yicha o‘rinbosari Doniyor Qayumov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Olmaliq shahridagi vakili - Olmaliq shahar hokimining diniy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Jamshid Pardayev, OKMK Maxfiy tartibot bo‘limi boshlig‘i Davronbek Xamzayev, OKMK boshqaruv raisining maslahatchisi Kamola Umaraliyeva, OKMK Axborot xizmati rahbari Umida Qarshiboyeva, Toshkent viloyati IIBB OKMKDAgi IIB xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbirlar davomida “Ekstremizm va terrorizm — jamiyat xavfsizligiga tahdid”, “Jinoyatchilikning kelib chiqish sabablari va uni bartaraf etish yo‘llari”, “Diniy ekstremizm va uning oqibatlari”, “Ekstremizm va terrorizm – jamiyat kushandasi”, “Kiberjinoyatchilik: zamonaviy tahdid va uning yechimlari”, “Jinoyatsiz jamiyat – umumiy maqsad”, “Ijtimoiy tarmoqlarda xavfsizlik qoidalari”, “Kiberjinoyatlarga qarshi kurash – umumiy vazifa!” kabi mavzulari qamrab olindi.
Mas’ullar tomonidan diniy ekstremizm va radikal g‘oyalarning asl qiyofasi, ularning inson taqdiri va jamiyat barqarorligiga soladigan xavfi hayotiy misollar bilan tushuntirildi. Diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni asrash masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Mutaxassislar tomonidan yurtimizdagi tinchlik va barqarorlik oliy ne’matligi, har bir millatning ma’naviyatini uning tarixi, urf-odatlari, an’analari, barhayot qadriyatlariga shuningdek, turli va’dalarga ishonib aldanib qolmasdan, balki, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga o‘z hissasini qo‘shish, halol mehnat qilishga odatlanish, kelgusida malakali mutaxassis bo‘lib yetishishga harakat qilish bugungi yoshlarning asosiy vazifalaridan biri ekanligi ta’kidlab o‘tildi.
Shuningdek, texnologiyalar rivojlangan asrda firibgarlikning yangi turlari — kiberjinoyatchilik keskin ko‘payganligi sababli barcha xushorlikka chorlandi. Bu kabi nohush holatlarga tushib qolmaslik uchun mutaxassislar tomonidan plastik karta ma’lumotlari va maxfiy kodlarni oshkor etmaslik, ijtimoiy tarmoqlardagi soxta xabarlar va shubhali havolalarga (link) ishonmaslik, kiberbulling va onlayn o‘yinlardagi yashirin xavflardan ogoh bo‘lish kabi tavsiyalar berildi.
Tadbirlarda hayotiy misollar orqali, turli xil aldovlarga ishonib, qiyin vaziyatlarga tushib qolganlarning ayanchli qismatini hikoya qiluvchi videofilmlar ham namoyish etildi.
Bundan tashqari, har bir ishchi-xodim kombinat ichki tartib-qoidalariga rioya etishi, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda ehtiyotkorlikni unutmasligi aytib o‘tildi.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan kombinat tarkibiy bo‘linmalarida sodir etilgan jinoyatlar haqida ma’lumotlar berilib, har qanday jinoyatga jazo muqarrarligi ta’kidlandi.
Bu kabi uchrashuvlar ishchi-xodimlarning nafaqat ish joyida, balki oilasi va ijtimoiy hayotda ham hushorligini oshirishga xizmat qiladi.
Zero, har bir xodimning huquqiy ongi va “virtual olam”dagi madaniyati uni turli jinoyatlar qurboni bo‘lishidan asraydigan eng ishonchli qalqondir.
Axborot xizmati