Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mehnat jamoasi o‘tgan 2024-yilda belgilangan barcha ishlab chiqarish prognozlarini bajarishga muvaffaq bo‘ldi.
Jumladan, mahsulotlar eksporti borasidagi prognozlarning bajarilishi ham ta'minlandi.
2024-yilda 610 852 000 dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oshirilib, prognoz 111,1%ga bajarildi.
Xususan, mahsulotlar kesimida tahlil qiladigan bo‘lsak, o‘tgan yili xorijlik hamkorlarga 51 698 tonna mis mahsulotlari yuborilib, ushbu yo‘nalishda prognoz 132,6%ga bajarilgan.
28 859 tonna rux mahsulotlari eksporti amalga oshirilib, o‘sish sur'ati kuzatilgan.
Shuningdek, 15 183 tonna qo‘rg‘oshin konsentrati(prognoz 121,5%ga bajarilgan) va 760 tonna molibden mahsulotlari(prognoz 109,3%ga bajarilgan) eksporti amalga oshirilgan.
Bundan tashqari, reniy, kadmiy, mis kuporosi, palladiy kukuni kabi mahsulotlar eksportida ham ko‘zlangan natijalarga erishilgan.
Ma'lumot uchun: 2024-yil uchun 550,0 mln dollarlik mahsulot eksport qilinishi belgilangan bo‘lib, 15-noyabr kuni yillik eksport prognozi muddatidan avval bajarildi. 15-noyabr holatiga 550,8 mln dollarlik mahsulotlar eksport qilindi.
Yildan yilga OKMK eksport geografiyasi kengayib bormoqda. Hozirda kombinat mahsulotlari 19 ta davlatga eksport qilinadi. Xorijga asosan mis, rux, molibden, reniy, qo‘rg‘oshin konsentrati, kadmiy, palladiy kukuni kabi mahsulotlar eksport qilinmoqda.
2024-yilda bir qator yangi bozorlar o‘zlashtirildi. Jumladan, joriy yildan boshlab Gvineya, Senegal, Serbiya, Janubiy Afrika Respublikasi, Marokash, Portugaliya kabi davlatlarga ham mis katankasi va mis kuporosi eksporti amalga oshirilayapti.
OKMK Axborot xizmati