Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Joriy yilda o‘zining 75 yilligini nishonlayotgan OKMK mehnat jamoasi 2024-yil uchun belgilangan mahsulotlar eksporti prognozini muddatidan avval bajarishga muvaffaq bo‘ldi.
2024-yil uchun 550,0 mln dollarlik mahsulot eksport qilinishi belgilangan edi. 15-noyabr sanasi holatiga 550,8 mln dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oshirildi.
Aytish joizki, yildan yilga OKMK eksport geografiyasi kengayib bormoqda. Hozirda kombinat mahsulotlari 19 ta davlatga eksport qilinadi. Xorijga asosan mis, rux, molibden, reniy, qo‘rg‘oshin konsentrati, kadmiy, palladiy kukuni kabi mahsulotlar eksport qilinmoqda.
2024-yilda bir qator yangi bozorlar o‘zlashtirildi. Jumladan, joriy yildan boshlab Gvineya, Senegal, Serbiya, Janubiy Afrika Respublikasi, Marokash, Portugaliya kabi davlatlarga ham mis katankasi va mis kuporosi eksporti amalga oshirilayapti.
Bugungi kunda mamlakatimizda xom ashyodan yuqori qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Yurtimizda qo‘shimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish jadal rivojlanishi oqibatida ichki bozorda misga bo‘lgan talab ham kundan-kunga oshib bormoqda. Shu bois kombinatda qo‘shimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishga ham katta e'tibor qaratilmoqda. Mis klasterini rivojlantirish doirasida yangi korxonalar tashkil etilayapti.
OKMK Axborot xizmati