Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Kuni kecha mamlakatimizdagi 10 ta eng yirik soliq to‘lovchilari qatoridan o‘rin olgan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati 2022-yilning o‘tgan 4 oyi davomida eksport borasida ham quvonarli natija qayd etdi.
OKMK tomonidan 2022-yil yanvar-aprel holatiga 350 mln 995 ming dollarlik mahsulot eksporti amalga oshirilib, rejaviy vazifa 150,5%ga bajarilganini alohida ta'kidlash joiz. Shuningdek, o‘sish sur'ati o‘tgan yilning davriga nisbatan 101,9%ni tashkil etmoqda.
Asosiy ishlab chiqariladigan mahsulot - mis mahsulotlari bo‘yicha 25705 tonna eksport amalga oshirilib, reja 125,4%ga uddalangan.
24100 tonna mis katodi importyorlarga yuborilib, vazifa 140,1%ga ado etilgan. Mis quvurlari eksportida reja 107,1%ga bajarilib, 1606 tonna ushbu mahsulot xaridorlarga yetkazib berilgan.
Rux mahsulotlari eksportida ham o‘tgan 4 oyda yuqori natija kuzatildi. Bu yo‘nalishda reja 146,4%ga bajarilib, 19032 tonna ushbu mahsulot xorijga yuborilgan.
Rux metali eksportida 18782 tonnalik natija qayd etilgan. Reja esa 144,5%ga bajarilgan.
Shuningdek kadmiy metalli eksportida ham yuqori raqamlar kuzatilgan. Ushbu metall eksporti rejasi 705%ga bajarilib, 141 tonna ushbu mahsulot importyorlarga jo‘natilgan.
Bu kabi salmoqli natija molibden mahsulotlari eksportida ham kuzatilib, reja 178%ga bajarilgan holda, 285 tonna mahsulot xaridorlarga sotilgan.
Qo‘rg‘oshin konsentrati eksportida ham reja 331,2%ga bajarilganini alohida ta'kidlash joiz. 9935 tonna ushbu mahsulot eksport qilingan.
Ma'lumot o‘rnida shuni aytish mumkinki OKMK mahsulotlari asosan Turkiya, Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Qozog‘iston, Bolgariya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Ukraina, Pol'sha, Tojikiston, Indoneziya, Niderlandiya, Xitoy, Turkmaniston, Afg‘oniston kabi davlatlarga eksport qilinmoqda.
OKMK Axborot xizmati