• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMKda ilk nemis dual ta’lim tizimi joriy etiladi

06 Iyun 2024, 10:24 1048

4 yildirki mamlakatimiz oliy va professional ta’limida oʻqitishning dual tizimi qoʻllab kelinadi.   Ushbu yoʻnalishda OKMK ham ishtirok etib, 40dan  oshiq ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻygan.  Bunda  talabalar va oʻquvchilarning ta’lim jarayonlari ishlab chiqarish bilan bogʻlangan holda olib boriladi. 

2022 yilda mamlakatimizda dual ta’lim tizimi Germaniya tajribasi asosida rivojlantirilishi belgilangan edi. Loyiha qiymati  7 mln. yevroni tashkil etib, tizimni isloh qilish va modernizatsiyalash koʻzda tutilgan.

Ilk hamkorlikni yirik sanoat korxonasi OKMKda yoʻlga qoʻyish vazifalari belgilangan  boʻlib ayni maqsadda  Oʻrta Osiyodagi Germaniya iqtisodiyoti vakillari OKMKda boʻlishdi.

OKMK rahbariyati va mehmonlar oʻrtasidagi uchrashuv davomida tomonlar oʻzaro hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.

OKMK  boshqaruv raisi  Abdulla Xursanov ta’kidlaganidek, korxonaning  bo’lajak mutaxassislariga berilayotgan nazariy va amaliy bilimlarni zamon talablariga moslashtirish, yanada mukammallashtirish juda zarur. Shu bois korxona sinalgan xorij tajribasini hamisha qo’llab-quvvatlaydi.

Shuningdek, 2022-2023 oʻquv yilidan Geologiya fanlar universiteti, “MISiS” milliy tadqiqotlar texnologik universiteti Olmaliq filiali hamda Olmaliq kon-metallurgiya kolleji ta’lim muassasalarining 150 dan oshiq talaba va oʻquvchilari uchun kombinatning tarkibiy boʻlinmalarida dual ta’lim tizimi joriy etilib, shartnomalar imzolangan.

Ushbu muassasalarda nemis dual ta’lim tizimi joriy etilishi belgilandi.

Shu maqsadda Xovsep Voskonyan boshchiligidagi delegatsiya Olmaliq kon-metallurgiya kollejida boʻlishdi.

Mehmonlar muassasadagi amaliyot xonalari  bilan tanishar ekan, Konchilik ishi”, “Geologiya”, “Metallurgiya”, “Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish”, “Foydali qazilmalarni boyitish”, “Elektr uskunalarini ta’mirlash” va transportga xizmat ko’rsatish yo’nalishlaridagi amaliyot uchun barcha zaruriy jihozlar mavjudligini guvohi bo’lishdi.   

Keyingi manzil OKMK muhandislar maktabi bo’ldi.

Kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash borasida keng imkoniyatlarga ega boʻlgan maktab mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

INT: Xovsep Voskonyan. Oʻrta Osiyo va Germaniya iqtisodiyoti vakolatxonasi boshligʻi.

-  Xovsep Voskonyan, Oʻrta Osiyo va Germaniya iqtisoidyot vakolatxonasi boshligʻi: - Biz bugun kombinat rahbariyati bilan katta bir loyihani muhokama qildik. Ayni sohadagi loyihami  Germaniya davlati tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi. Kundan kun yangi texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etayotgan kombinat uchun zamonaviy bilimlarga ega kadrlar juda zarur. Biz taklif qilayotgan tizim asosida  bilimli mutaxassislarni yetishtirib berishni maqsad qilganmiz. Ayni yoʻnalishda sizlarda bajarilgan vazifalar maqtovga loyiq. Bu yerda yaratilgan baza bilan hamkorligimiz samarali tashki etilishiga ishonamiz.

Muassasalar bilan tanishgan mehmonlar muzokaralar davomida Germaniya dual ta’limini joriy etishni maqsad qilgan loyihani yaqin kunlarda ishga tushirishni reja qilishdi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech