Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Ma'lumki so‘nggi yillarda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining barcha sohalariga axborot kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilib, yuqori samaradorlikka erishib kelinmoqda.
Jumladan, kombinatni raqamli transformatsiya qilish bo‘yicha 2023-yilda 40 dan ortiq loyiha va vazifalarni amalga oshirish belgilangan. Shundan 23 tasi amalga oshirilib, 5 ta tajribaviy loyihalar ishga tushirildi.
Raqamlashtirish borasidagi ishlar bardavomlik kasb etib, ushbu yo‘nalishda yetuk va malakali mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha ham amaliy ishlar boshlab yuborildi.
Xususan, kelgusida kombinatda IT markaz tashkil etilish ko‘zda tutilgan bo‘lib, kuni kecha ushbu markazning faoliyati hamda uni tashkil etish kabi masalalar muhokama etildi.
OKMK boshqaruvi raisining Raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosari hamda O‘quv markazi mas'ullari va Respublika “IT-Park” direksiyasi rahbari o‘rinbosari Abdulahad Qo‘chqorov ishtirokidagi muhokamada kombinatda IT markazni tashkil etish loyihasi ko‘rib chiqildi.
Ushbu markazda kelgusida IT yo‘nalishida mutaxassislar tayyorlanadi va ko‘plab sohalarda qo‘llaniladigan startaplar, dasturiy ta'minotlar yaratiladi.
Markaz muhandislar maktabi binosi hududida barpo etilishi rejalashtirilmoqda.
Axborot xizmati