Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Ma'lumki, may oyining uchinchi yakshanbasi yurtimizda O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni sifatida keng nishonlab kelinadi. Ushbu sana munosabati bilan OKMK sport majmuasida 17-may kuni O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuniga bag‘ishlangan estrada yulduzlari ishtirokidagi katta gala konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir avvalida OKMK mehnat jamoasiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi.
Tadbirda so‘z olgan OKMK boshqaruvi raisi Abdulla Xursanov kombinat yildan yilga rivojlanib borayotganligini, investitsiya loyihalarini jadal sur'atlarda amalga oshirilayotganligini, mehnat jamoasi kasb bayramida yuqori mehnat marralarini zabt etib kelayotganini ta'kidlab, barchani samimiy muborakbod etdi.
Bayram tadbirida O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni munosabati bilan 18 nafar ishchi-xodimlar turli darajadagi “Konchilik shuhrati” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Shuningdek, 43 nafar ishchi-xodimga kombinat Faxriy Yorliqlari, 35 nafar xodimlar esa qimmatbaho sovg‘alar bilan rag‘batlantirildi.
Tadbirda Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan jangovar ko‘rgazmali chiqishlar barchada katta taassurot qoldirdi.
“Metallurg” madaniyat saroyi ijodiy guruhlari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi hamda, “Navro‘z” raqs ansamblining chiqishlari barchaga manzur bo‘ldi.
Ayniqsa, taniqli san'atkorlar Dilfuza Rahimova, Iroda Iskandarova, Ahror Usmonovlarning diltortar taronalari barchaga xushkayfiyat ulashdi.
Estrada xonandalari Afruza va Hamdam Sobirovlarning sho‘x-shodon taronalari barchani raqsga chorladi.
Toshkent viloyati Filarmoniyasi jamoasi tomonidan kombinat ishchi-xodimlari faoliyatiga bag‘ishlab tayyorlangan qo‘shiq va klip olqishlarga sazovor bo‘ldi.
Har yilgi an'anaga ko‘ra, gala konsert mushakbozlik bilan yakunlandi.
Axborot xizmati