"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Joriy yilning 20-yanvar kuni “Olmaliq KMK” AJ boshqaruv raisining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30 dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi №PF-270-son Farmoni ijrosini taʼminlash toʻgʻrisida”gi buyrug‘i qabul qilindi.
Buyruqqa ko‘ra, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30 dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi №PF-270-son Farmoni (keyingi oʻrinlarda - Farmon), shuningdek Davlat rahbari tomonidan 2025 yilning 26-dekabr sanasida Oliy Majlis hamda Oʻzbekiston xalqiga qilgan Murojaatnomasida berilgan topshiriqlar ijrosini “Olmaliq KMK”AJda belgilangan muddatlarda hamda toʻliq taʼminlash qayd etildi.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni hamda Davlat rahbarining 2025-yilning 26-dekabrdagi Murojaatnomasi “Olmaliq KMK”AJda rahbarlik va ijro uchun qabul qilinishi buyruqda o‘z aksini topgan.
Farmon ijrosini taʼminlash boʻyicha “Olmaliq KMK”AJning chora-tadbirlar rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlandi.
Bundan tashqari, “Olmaliq KMK”AJda korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi”da nomlari keltirilgan ijrochilar oʻzlariga yuklatilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash uchun shaxsan masʼul qilib belgilanishi buyruqda ko‘rsatib o‘tildi.
Farmon ijrosini taʼminlash boʻyicha “Olmaliq KMK”AJning chora-tadbirlar rejasiga ko‘ra, Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy sertifikatlashtirish menejment tizimini joriy etish belgilandi.
Shuningdek, mas’ullar, korrupsiyani oldini olish klasteri ishtirokchilari bilan oʻzaro hamkorlik qilish, Kombinat axborot tizimlarini yagona elektron platformaga integratsiya qilish choralarini koʻrishi, Kombinat markaziy apparati va tarkibiy korxonalarining qarorlarini ishlab chiqish, kelishish va roʻyxatdan oʻtkazishning yagona elektron platformasini tashkil qilish hamda Komplayens xizmatiga “E-qaror” tizimida qabul qilinadigan hujjatlar bilan toʻsiqsiz tanishish va monitoring olib borishning texnik imkoniyatini yaratish qayd etildi.
Bundan tashqari, Kombinatdagi korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmasining (Komplayens xizmati) faoliyatini Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan uzviy hamkorlikda tashkil etish choralarini koʻrish belgilandi.
Kombinatda “Raqamli komplayens” axborot dasturiy kompleksini ishga tushirish, Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari, shuningdek xorijiy banklarning mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarni amalga oshirishda korrupsiya xavf-xatarlarining oldini olish, korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda koʻmaklashgan shaxslarni ragʻbatlantirish tartibini takomillashtirish, korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining taqdimnomalarini koʻrib chiqmaganlik uchun maʼmuriy javobgarlik choralarini belgilash chora-tadbirlar rejasidan oʻrin olgan.
Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalarining xavfsizlik, sud va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan oʻzaro hamkorlik qilish, shuningdek, korrupsiya bilan bogʻliq huquqbuzarliklar haqida xabar berishning ichki kanallarini yuritish tartibini belgilash, davlat organida mehnat shartnomasi tugatilgan yoki xizmatdan boʻshatilgan xodimni ikki yil ichida oʻzi bevosita yoxud bilvosita nazoratni amalga oshirgan tashkilotlarga ishga qabul qilishda ushbu tashkilotning korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasidan xulosa olishning mezonlarini belgilash ham qayd etildi.
Bundan tashqari korrupsiyaga qarshi ichki (komplayens) nazorat boʻlinmalarining manfaatlar toʻqnashuvining oldini olishdagi vakolatlarini kengaytirish, korrupsiyaviy huquqbuzarliklar haqida xabar bergan shaxslarni himoya qilish tartibini takomillashtirish, investitsiya loyihalari, qurilish-pudrat loyihalari hamda xaridlar uchun ajratiladigan mablagʻlarning maqsadli ishlatilishi ustidan jamoatchilik nazoratini yolga qoʻyish, jarayonning barcha bosqichlarida hisobdorlik, ochiqlik, shaffoflik hamda oshkoralikni taʼminlash ham chora-tadbirlar rejasida koʻrsatib oʻtilgan.
Korrupsiyaga qarshi kurashish ichki (komplayens) nazorat tuzilmalari faoliyatini takomillashtirish, ularning mustaqilligini taʻminlash, 2025-2027-yillarda Davlat xaridlari tizimini takomillashtirish va rivojlantirish strategiyasi doirasida manzilli choralarni koʻrish, “Korrupsiyaga qarshi kurashishga qoʻshgan hissasi uchun” koʻkrak nishonini olishga Kombinatdan nomzodlar roʻyxatini shakllantirish hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga belgilangan muddatlarda kiritish, korrupsiyaga qarshi kurashish Xalqaro akademiyasi (IACA)ga qoʻshilish ham belgilandi.
Shuningdek, “Olmaliq KMK”AJ Komplayens xizmati xodimlarining malakasi, bilim va koʻnikmalarini baholash orqali ularni egallab turgan lavozimiga munosibligini aniqlash hamda Xizmat xodimlari tarkibini zaruratga koʻra qayta shakllantirish boʻyicha tegishli takliflar ishlab chiqish hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga taqdim qilish qayd etildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-dekabrdagi PF-270-son Farmonning 4-ilovasi bilan tasdiqlangan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi toʻgʻrisidagi Nizom” qoidalarini Kombinatda joriy etish ham chora-tadbirlar rejasidan oʻrin olgan.
Axborot xizmati