"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Тog‘-kon sanoatida zamonaviy boshqaruv tizimini shakllantirish, sohada xotin-qizlarning rolini oshirish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash bugungi kunning muhim trendlaridan biridir. Joriy yilning 15-may kuni “Olmaliq KMK” AJda bo‘lib o‘tgan Lider ayollar jamoasining navbatdagi uchrashuvi aynan shu maqsadlarga xizmat qildi.
Nufuzli tadbirda moliya sektori, siyosat va ilm-fan olamidan dunyoga mashhur ekspertlar jam bo‘lishdi. Anjumanda KfW IPEX-Bank’ning Sharqiy Yevropa, Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz bo‘yicha direktori Yekaterina Galitsyna, Amsterdam universiteti professori Svetlana Xapova, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Qizilgul Qosimova, Тog‘-kon va geologiya vazirining maslahatchisi Ziyoda Ahmedova, vazirlik mas'ullari hamda kombinatda faoliyat yuritayotgan olima ayollar ishtirok etdilar.
Тadbirning amaliy qismi kombinat tarixidagi muhim voqelik bilan boshlandi. Ishtirokchilar dastlab yangi barpo etilgan “Kovuldi” oltin saralash fabrikasining tantanali ochilish marosimida qatnashdilar.
So‘ngra mehmonlar joriy yilning mart oyida ishga tushirilgan, yuqori texnologik imkoniyatlarga ega 3-Mis boyitish fabrikasiga tashrif buyurishdi. OKMK boshqaruv raisi Abdulla Xursanov hamrohligida ishtirokchilar fabrikaning ishlab chiqarish quvvatlari, jarayonlarning raqamlashtirilgan tizimi va ishchi-xodimlar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
Тashkiliy xulq-atvor va liderlik bo‘yicha xalqaro ekspert, professor S.Xapova o‘z ma'ruzasida zamonaviy rahbarlikning eng ilg‘or modellari haqida to‘xtalib o‘tdi.
Uchrashuvda xodimlarning tashabbuskorligi va yangi g‘oyalarni qo‘rquvsiz o‘rtaga tashlay olishi korxona rivojining bosh omili ekanligi ta'kidlandi. Muammolarning vaqtida aytilmasligi qanday yo‘qotishlarga olib kelishi va ularning oldini olish usullari, jamoada o‘zaro ishonch va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini yaratish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.
Uchrashuv nafaqat nazariy bilimlar platformasi, balki jonli muloqot maydoniga ham aylandi. Ishtirokchilar uchun tashkil etilgan netvorking davomida xorijiy tajribani mahalliy ishlab chiqarishga integratsiya qilish va lider ayollar o‘rtasida doimiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi.
OKMKda o‘tkazilgan ushbu tadbir sanoat tarmoqlarida ham zamonaviy, inson kapitaliga yo‘naltirilgan va xalqaro standartlarga mos boshqaruv tizimi muvaffaqiyatli joriy etilayotganining yorqin namunasi bo‘ldi.
Axborot xizmati