• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMKda mahalliylashtirish: 2 oyda import o‘rnini bosish samaradorligi 19,2 mln dollarni tashkil etdi

15 Mart 2024, 9:8 896

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida mahalliylashtirish dasturi samarali amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan, 2024 yilning yanvar-fevral oylarida 223 ta loyiha bo‘yicha 239,3 mlrd so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, prognoz (213,5 mlrd so‘m) 112,1%ga bajarilganini alohida ta'kidlash joiz. Ahamiyatli jihati mahsulotlarning import o‘rnini bosish samaradorligi 19,2 mln dollarni tashkil  etdi.

Bunda yangi loyihalar bo‘yicha 178,2 mlrd so‘mlik (prognoz 176,5 mlrd so‘m) mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarildi. Korxonalar kesimida olib tahlil qiladigan bo‘lsak, Markaziy ta'mirlash mexanika zavodida 98 ta loyiha bo‘yicha 10,6 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.

Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish ilmiy birlashmasi tomonidan 31 ta loyiha bo‘yicha 21,3 mlrd so‘mlik mahsulot tayyorlangan.

Shuningdek, 3-mis boyitish fabrikasi qurilishi bo‘yicha 98,8 mlrd so‘mlik, portlovchi moddalarni ishlab chiqarish bo‘yicha 37,1 mlrd so‘mlik hamda 8 ta mexanik ta'mirlash uchastkalari tomonidan 5,3 mlrd so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilgan.

O‘tgan ikki oyda mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan mahsulotlardan 1,1 mln dollarlik mahsulotlar eksporti ham amalga oshirildi.

Sanoat kooperatsiyasi va “shatakka” olish tizimi orqali yanvar-fevral oylarida mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalardan 166,9 mlrd so‘mlik mahsulotlar xarid qilinib, prognoz 132%ga bajarilishi ta'minlandi.

Qo‘shimcha ravishda o‘zlashtiriladigan yangi turdagi import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarishni o‘zlashtirish bo‘yicha ham samarali ishlarga olib borilmoqda.

Xususan, mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan kombinat tomonidan avval import qilingan mahsulotlarni o‘zlashtirish maqsadida “Olmaliq quyuv mexanika zavodi” MChJda 40 turdan oshiq (300 mlrd so‘m) quyma mahsulotlarni ishlab chiqarish boshlandi.

“DIT AGMK” qo‘shma korxonasida turli geokompozit, polimer va stekloplastik, quvur va sig‘imlarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi (32,4 mlrd so‘m).

Bundan tashqari, “Intercon Roollers” qo‘shma korxonasida konveyer roliklarini ishlab chiqarish joriy yilning ikkinchi yarmida ishga tushirilib, oyiga 15 ming dona rolik ishlab chiqaradi va kombinatning talabini to‘liq qondiradi.

“Avantec” qo‘shma korxonasida Germaniyalik hamkorlar bilan dastgohlar ishlab chiqarish loyihasi doirasida qurilish ishlari yakunlandi. Bugungi kunda uskunalarni olib kelish va o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.

OKMKda 2024 yilda mahalliylashtirish dasturi 268 ta loyiha bo‘yicha 1 502,3 mlrd so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilishi shakllantirildi.

OKMK Mahalliylashtirish bo‘limi

Bo`lishmoq:
Text to speech