• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMKda Mahalliylashtirish dasturi: 9 oyda 145ta loyiha amalga oshirilgan

09 Oktyabr 2023, 8:43 1032

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida mahalliylashtirish dasturi samarali amalga oshirib kelinmoqda.

Dastur ijrosi asosan Markaziy ta'mirlash mexanika zavodi, Rux zavodi hamda Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi kabi tarkibiy bo‘linmalarda amalga oshiriladi.

Joriy yilda kombinatda mahalliylashtirish dasturi bo‘yicha 137 loyiha asosida 321,7 mlrd so‘mlik mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarilishi belgilangan.

Hisobot davrida Mahalliylashtirish dasturiga qo‘shimcha ravishda 10 ta 36,1 mlrd so‘mlik yangi loyihalar kiritilib, loyihalar soni 147 tani, prognoz ko‘rsatkichi 357,8 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Dastur doirasida yanvar-sentyabr oylarida 145 ta loyiha bo‘yicha amalda 308,2 mlrd so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, reja (266,5 mlrd so‘m) 115,6%ga  bajarilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish  sur'ati 138,3%ni tashkil etdi.

Import o‘rnini bosish samaradorligi 26,7 mln dollar bo‘ldi.

9 oylik rejaga kiritilgan yangi loyihalar bo‘yicha 72,7 mlrd so‘mlik (prognoz 61,8 mlrd so‘m) mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarildi. Jumladan, har xil turdagi nasoslar uchun ehtiyot qismlar, misdan novalar, stropalar, palladiy metali, shaxta elektrovozlariga ehtiyot qismlar, molibden va volfram tuzlari, yuqori haroratga chidamli keramik mahsulotlar, volfram karbidi,  shamot g‘ishtlari, sferali sharli tayanchlar, flotomashinalar uchun ehtiyot qismlar”, ferromolibden, geopanjaralar, polimer mahsulotlaridan futerovkalar kabi mahsulotlarni ishlab chiqarish o‘zlashtirildi.

Bundan tashqari, qo‘shimcha ravishda o‘zlashtirilishi belgilangan yangi turdagi import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha samarali ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Xususan, kombinati rahbariyati hamda mas’ul bo‘limlarning mutaxassislari tomonidan domimiy ravishda mahalliy ishlab chiqaruvchi korxona vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

Mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan kombinat tomonidan avval import qilingan mahsulotlarni o‘zlashtirish bo‘yicha bir qator ishlar tashkil etilgan. Jumladan, “Olmaliq quyuv mexanika zavodi” MChJda qiymati 25 mln dollarlik loyiha bo‘yicha ishlab chiqarish hajmi 300 mlrd so‘mlik 40 turdan oshiq quyma mahsulotlarni o‘zlashtirish ishlari boshlandi. Hozirda asbob-uskunalarni o‘rnatish ishlari yakunlanmoqda.

Germaniya bilan tashkil etilgan “Deutsche innovationen Technologie AGMK” QK MChJ tomonidan turli geokompozit, polimer va stekloplastik, truba va baklar mahsulotlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi (32,4 mlrd so‘m).

“Falk Porsche Technik” GmbH (Germaniya) kompaniyasi bilan birgalikda “Deutsche innovationen Technologie AGMK” QK MChJ ishlab chiqarish maydonida quyidagi loyihalar amalga oshirilmoqda:

  • quvvati 50 000 tonna misni qayta ishlashga mo‘ljallangan loyiha qiymati 20 mln dollar bo‘lgan “Misdan katanka va yangi turdagi kabel mahsulotlari” loyihasining 1-bosqichi ishga tushiriladi, ushbu loyihaning ishlab chiqarish hajmi 450 mln dollarni tashkil etadi;
  • yangi “Mis eritish zavodi” uchun “Mis katodlari elektrolizlari uchun polimerbeton vannalar” loyihasi bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarish tashkil etiladi. Ushbu loyihaning qiymati 5 mln dollar bo‘lib, ishlab chiqarish xajmi 24 mln dollar, quvvati 1500 dona elektroliz vannalari ishlab chiqarish.

Shuningdek, “AVM” (Germaniya) korxonasi bilan hamkorlikda “Gorizontal tokarlik frezerli ishlov berish raqamli markazlari” loyihasi bo‘yicha ishlab chiqarish boshlandi. Loyihaning qiymati 2,2 mln dollar, ishlab chiqarish hajmi 35 mln yevro, quvvati 80 komplekt raqamli markaz-dastgohlar.

Shu bilan birga kombinat tomonidan 2024-yildan boshlab quyidagi loyihalar amalga oshirilishi kutilmoqda:

1) “Fiberpipe” (Germaniya) kompaniyasi bilan hamkorlikda qiymati 10 mln dollar bo‘lgan “Kimyoviy chidamkor shisha tolali mahsulotlar” loyihasini amalga oshirish orqali kombinat hamda neft, gaz va kimyo sanoati ehtiyojlari uchun avval import qilingan kimyoviy chidamkor trubalar, rezervuar baklar va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish ta'minlanadi.

2) “MENZEL” (Germaniya) kompaniyasi bilan hamkorlikda qiymati 15 mln dollar bo‘lgan “Yangi turdagi sanoat elektrodvigatellarini ishlab chiqarish” loyihasini amalga oshirish orqali respublika sanoat korxonalari ehtiyojlari uchun avval import qilingan elektrodvigatellar mahsulotlarini ishlab chiqarish ta'minlanadi.

3) “Huigong Machinery Group” (Xitoy) kompaniyasi bilan hamkorlikda qiymati 25 mln dollar bo‘lgan “Karyer avtosamosvallari va maxsus texniklar uchun ehtiyot qismlar va servis xizmatini ko‘rsatish” loyihasini amalga oshirish orqali respublika sanoat korxonalaridagi mavjud maxsus texniklar ehtiyojlari uchun avval import qilinganehtiyot qismlarni ishlab chiqarish ta'minlanadi.

Bundan tashqari, “Yangi mashinasozlik zavodini qurish” loyihasini amalga oshirish orqali umumiy quvvati 55 000 tn quyma mahsulotlar, ehtiyot qismlarni ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish ishlari boshlanadi.

Dilshod Xoldoraliyev,

OKMK Mahalliylashtirish bo‘limi boshlig‘i

Bo`lishmoq:
Text to speech