Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida mahalliylashtirish dasturi samarali amalga oshirib kelinmoqda.
Xususan, joriy yilning 8 oyida 260 ta loyiha bo‘yicha 1029,2 mlrd so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, prognoz (998,2 mlrd so‘m) 103,1 foizga bajarildi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur'ati 430,6 foizni tashkil etdi. Import o‘rnini bosish samaradorligi esa 81,8 mln dollar bo‘ldi.
Yangi loyihalar bo‘yicha 825,6 mlrd so‘mlik mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarildi.
Korxonalar kesimida oladigan bo‘lsak, Markaziy ta'mirlash mexanika zavodi 109 ta loyiha bo‘yicha 56,8 mlrd so‘mlik, Chirchiqdagi birlashmada 31 ta loyiha bo‘yicha 86,8 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan. Shuningdek, Mis eritish zavodi tomonidan 16,1 mlrd so‘mlik mahsulotlar tayyorlangan.
3-mis boyitish fabrikasi bo‘yicha 498,1 mlrd so‘mlik metallokonstruksiya tayyorlangan.
Dastur doirasida Portlovchi materiallar zavodida 142,5 mlrd so‘mlik portlovchi moddalar ishlab chiqarilgan.
Bundan tashqari, 3,6 mlrd so‘mlik roliklar tayyorlangan. 8 ta mexanik ta'mirlash uchastkalari tomonidan 21,8 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.
Yana bir e'tiborli jihati mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan mahsulotlardan 1,63 mln dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oshirilgan.
Sanoat kooperatsiyasi va “shatakka olish” tizimi orqali yanvar-avgust oylarida mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalardan 867,1 mlrd so‘mlik mahsulotlar xarid qilinib, prognoz 113%ga bajarildi.
Mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan kombinat tomonidan avval import qilingan mahsulotlarni o‘zlashtirish maqsadida “Olmaliq quyuv mexanika zavodi” MChJ tomonidan yanvar-avgust yakunlari bo‘yicha 26,6 mlrd so‘mlik quyma mahsulotlar ishlab chiqarish, ta'mirlash va xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha ishlar amalga oshirildi.
“AVANTEC GP” QK MChJda Germaniyalik hamkorlar bilan dastgohlar ishlab chiqarish loyihasi doirasida qurilish ishlari yakunlandi. Bugungi kunda uskunalarni olib kelish va o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.
Korxona tomonidan yanvar-avgust oylarida 28,9 mlrd so‘mlik ikki dona universal frezerli dastgohi va besh koordinatli raqamlashtirilgan dastgohlar yetkazib berildi.
“DIZEL DETAL SAVDO” MChJ tomonidan 4,6 mlrd so‘mlik gazli payvandlash uchun hamda yuqori bosimga chidamli tekstil qoplamali rezina bilan qoplangan yenglar yetkazib berildi.
“DEUTSCHE INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR-AGMK” QK MChJ tomonidan 1,8 mlrd so‘mlik polipropilendan yuvuvchi minora hamda simdan mahsulotlar yetkazildi.
“JFM LEGA GROUP” MChJ tomonidan 6,5 mlrd so‘mlik polimer mikrosferalar, “NADIR RABER” XK tomonidan 1,1 mlrd so‘mlik har xil turdagi remenlar yetkazib berildi.
Axborot xizmati