• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMKda ma'lumotlarni tahlil qilish raqamlashtirilayapti

01 Fevral 2024, 9:44 973

Har qanday ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish samarali olib borilar ekan, natijadorlik ham o‘sib boraveradi.

Yirik zavodu, fabriklar, bo‘linmalarda minglab xodimlar bilan sanoat jarayonlarini tashkil etayotgan OKMKda ham ayni yo‘nalishda ko‘plab loyihalar amaliyotga tadbiq etilayapti.

Ta'kidlash kerakki, bugungi kunda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida katta hajmdagi ma'lumotlardan foydalangan holda ishlab chiqarish tahlilini rivojlantirish ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.

Xususan, So‘ngi yillarda keng tadbiq etilayotgan raqamlashtirish sohasi korxonaning boshqaruvida unumdorlikni ta'minlay oldi.

Prezidentimizning “Axborot-kommunikasiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida kombinatda tahliliy ahborotlarni yig‘ish, qayta ishlash va yaratish bo‘yicha axborot tizimi ham ishga tushirildi.

Bu borada ma'lumotlarni interaktiv usulda diagrammalar va jadvaldan foydalangan holda namoyish qilish uchun zamonaviy panellar joriy etildi.

-  Bugungi kunda qog‘ozbozliklar va ortiqcha xarajatlarni qisqartirish maqsadida kombinat dasturchilari bilan birgalikda bir qator loyihalar ishlab chiqildi. Shulardan biri Power BI loyihasi hisoblanib, avvallari hisobotlarni olish uchun bir necha soatlar hatto kunlar sarflangan bo‘lsa, ushbu loyiha bizga atigi 15 daqiqada barcha ma'lumotlarni to‘plab va taqdim etimishizda yordam beradi, - deydi OKMK Axborot texnologiyalari departamenti yetakchi muhandisi Ahrorxon Sobitov.

Jarayonlarda biznes va ishlab chiqarishning asosiy ko‘rsatkichlarini vizualizasiya qilish, dasturiy tizimlar va boshqa xizmatlarni birlashtirish bo‘yicha bir qator ko‘lamli ishlarning amalga oshirilgani ahamiyatli.

Xususan, Avtomobil va texnologik transportlar parki, kombinat ishchi-xodimlari bilan ishlash, omborxonalar holati, yillik va qo‘shimcha arizalar, shuningdek, kunlik amalga oshirilgan vazifalar kabi yo‘nalishlar bo‘yicha hisobotlarning ixcham va zamonaviy ko‘rinishi bo‘lgan dashbordlar ishlab chiqildi. Natijada kombinatning rahbariyati va top-menejerlariga amalga oshirilayotgan jarayonlarni to‘liq tahlil va monitoring qilish imkoniyati yaratildi. Bu esa  qarorlarni qabul qilish tezkorligini ta'minlaydi.

Iqtisodiy samaraga to‘xtaladigan bo‘lsak, 6 turdagi qog‘oz hisobotlari tugatilib, amalga oshirilgan ishlar haqida ma'lumotlar va hisobotlarni tayyorlash vaqti 10 kundan 1 kunga qisqardi.

Boshqaruvni tashkil etish sifati va tezligini bir necha barobarga oshirayotgan mazkur yo‘nalish bo‘yicha ishlar davom etmoqda. Boshqa axborot tizimlari va resurslari uchun ham yangi interaktiv dashbordlar ishlab chiqilayapti. Natijada ishlab chiqarish va biznes jarayonlaridagi o‘sish nuqtasini topish imkoniyati ham yaratiladi.

Ma'lumot uchun: 2023-yilda OKMKda biznes va texnologik jarayonlarni raqamlashtirish hamda ularni maqbullashtirish evaziga 224 mlrd so‘m iqtisod qilindi, shuningdek, ishchi resurslari, vaqt sarfi, 170 dan ortiq hujjat turlari raqamlashtirilib, 1,3 mln dan ortiq varaq tejaldi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech