• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMKda mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi muhim masala

23 Aprel 2024, 10:47 1215

Joriy yilning 19-aprel kuni MTTU MISiS Olmaliq filialida 1-chorak yakunlarini tahlil etish maqsadida mas'ullar ishtirokida hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Tog‘-kon geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi vakili, Muzaffar Boltayev, Olmaliq kon-texnika inspeksiyasi boshlig‘i Hikmatilla Maysupov, kombinat bosh muhandisi Sergey Larionov, OKMK Mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i Shuhrat Jo‘rayevlar ishtirok etgan tadbir avvalida o‘tgan davr mobaynidagi vazifalar tahlil etildi.

Og‘ir sanoat mamlakat iqtisodiyotida muhim o‘ringa ega. Murakkab mehnat jarayonlari kechadigan ushbu sohada mehnat muhofazasini ta'minlash bosh omil. Boisi unda baxtsiz hodisalarning sodir bo‘lish ehtimoli yuqori.

Turli ko‘ngilsizliklarni oldini olish uchun esa, doimiy nazorat va malaka muhim o‘ringa ega. Ayni masalalarga OKMKda ham asosiy e'tibor qaratilgan.

Ta'kidlash kerakki, kombinatda 2024-yilning 1-choragida mehnat muhofazasi bo‘yicha zaruriy vazifalarning amalga oshirilishiga 36 mlrd 428 mln so‘m mablag‘ ajratildi.

Bugungi kunda OKMK 35 mingdan oshiq mehnat jamoasiga ega. Ular orasida 24 mingdan ziyodi murakkab mehnat sharoitlarida faoliyat olib borishadi.

Yig‘ilishda xodimlarning malakasini oshirish bilan bir qatorda doimiy nazoratni ta'minlash lozimligi ta'kidlandi. Boisi hisobot davrida bo‘linmalarda 800 dan oshiq zaruriy qoidalarning buzilish holatlari kuzatilgan. Va ularning katta qismi tashkiliy masalalarga e'tiborsizlik bilan bog‘liq. 

3 oylik sarhisob bo‘yicha kombinat konlarida 341 ta, fabrika va zavodlarda 260 ta tartib buzilish qayd etilgan. Shuningdek, transport sohasida qoidabuzilishi 200 dan oshiqni tashkil etdi. 3000 ga yaqin tekshiruvlar davomida 8 mingdan oshiq tartib buzilishi aniqlangan.

Mas'ullar tomonidan har bir bo‘linma qat'iy ogohlantirilib, kombinatda 3 oy davomida “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti, Angren kon va shaxtaqurilish boshqarmalarida 3 ta baxtsiz hodisa kuzatilib, 1 tasi og‘ir holat 2 tasida o‘lim holati qayd etilgan keltirildi.

Yig‘ilishda zavod va fabrikalar, konlar va bo‘linmalarning mas'ullariga mehnat tartibi aks etgan qo‘llanmalardan xodimlarni ogoh etish, mehnat faoliyatida ularni doimiy ta'minlash muhimligi, shuningdek, auditorlik tekshiruvlari, ishchilarning kasbiy malakasini oshirish, qayta tayyorlashga muhim e'tibor qaratish lozimligi ta'kidlandi.

Iroda Almatova,

OKMK MM va SX bo‘limi muhandisi

Bo`lishmoq:
Text to speech