• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMKda O‘zbek tili bayrami keng nishonlanadi

04 Oktyabr 2022, 14:30 1532

2022-yil 3-oktabr kuni “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ boshqaruvi raisi A.Xursanov “Davlat tili bayrami kunini nishonlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi buyruqqa imzo chekdi.

Unga ko‘ra, “Olmaliq KMK" AJda O‘zbek tili bayrami kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tarkibi hamda  O‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlab o‘tkaziladigan ma'naviy va ma'rifiy chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Chora-tadbirlar dasturiga ko‘ra, O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan maxsus videolavha taqdimoti tashkil etilib, “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” shiori ostida “Eng yaxshi she'r”, “Eng yaxshi maqola” hamda “Eng yaxshi bayram tabrigi (fleshmob)” nominasiyalari bo‘yicha ijodiy loyihalar tanlovi o‘tkaziladi.

Tashkilot faollari, tegishli mas'ullar ishtirokida o‘zbek tilini rivojlantirish, davlat tili qonun hujjatlariga rioya qilish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida ishchi-xodimlarning xabardorligini oshirish maqsadida kombinat ishchi-xodimlari uchun yurtimizning taniqli olimlari ishtirokida davra suhbatlari, seminarlar tashkil etiladi.

Bundan tashqari, “Metallurg” MS badiiy havaskor jamoalarini jalb qilgan holda bayram tadbiri o‘tkaziladi.

Kombinat yoshlarining davlat tiliga oid bilimlarini yanada oshirish maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkaziladi.

Shuningdek, kombinat xodimlariga davlat tilini chuqur o‘rganishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida O‘quv markazida lotin alifbosiga asoslangan o‘zbek tilini o‘rganish bo‘yicha o‘quv guruhlari tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

“Ruscha-O‘zbekcha kon-metallurgiya atamalari izohli lug‘ati”ni yangi tahrirda tayyorlab, kitob taqdimotini o‘tkazilishi ham buyruqda o‘z aksini topgan.

Kombinat tarkibiy bo‘linmalarida davlat tili haqidagi qonun hujjatlarga rioya etilishini nazorat qilish bo‘yicha komissiya tarkibini shakllantirish hamda monitoring o‘tkazish jadvalini tasdiqlash vazifasi ham buyruqda belgilangan.

Kombinat tashkilotlarida o‘zbek tilini ulug‘lovchi hikmatli so‘zlar, she'riy satrlar aks ettirilgan tasviriy targ‘ibot vositalari joylashtiriladi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech