Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida barcha sohalarga raqamlashtirish samarali joriy etilmoqda.
Xususan, kombinat tarkibiy bo‘linmalari biznes jarayonlarida amalga oshirilayotgan ko‘plab harakatlar jurnallarda yozuv bilan qayd etib boriladi. O‘rganib chiqilganda 150 dan ortiq turdagi umumiy va individual jurnallardan foydalanib kelinayotganligi ma'lum bo‘ldi.
OKMK boshqaruv raisining Raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosari A.Azizovning ma'lum qilishicha, ma'lumotlarni tahlil qilish va jarayonlarni soddalashtirish maqsadida ayni kunlarda biznes jarayonlar reinjiniringi amalga oshirilib, “Elektron jurnal” tizimi ishga tushirilmoqda. Natijada hozirga qadar 18 ta jurnal elektron shaklga o‘tkazilib, sinov tariqasida foydalanilmoqda.
Asosiy maqsad hamma hujjatni raqamlashtirish emas, balki ma'lumotlarni tahlil qilib, tez va to‘g‘ri biznes qarorlarni qabul qilishdir. Buni faqat raqamlashtirish orqali amalga oshirsa bo‘ladi.
Ma'lumot uchun: Boshqaruv tizimi samaradorligini oshirish va ish yuritish jarayonida hamda ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va zamonaviy axborot tizimlarini joriy etilishi hisobiga 2022-yilda 333 mlrd so‘m iqtisod qilindi va 70% qog‘oz hujjatlar (yiliga 2 mln donadan ortiq varaq) raqamlashtirib, ma'lumotlarni tezkor tahlil qilish imkoniyati yaratildi.
Axborot xizmati