OKMKda sarhisob: Ilmiy izlanishlar va innovatsion yutuqlar
28 Dekabr 2023, 13:36 819
Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish birlashmasi qoshidagi O‘zbek-Koreys ilmiy texnologik markazi mutaxassislari tomonidan volfram tarkibli chiqindilardan 96,0% kobaltni ajratib olishga erishildi.
Mineral resurslar ilmiy tadqiqot instituti bilan hamkorlikda Rux zavodi texnologik eritmalaridan laboratoriya sharoitida ishlab chiqilgan yangi texnologiya orqali indiy metalli ajratib olishga erishildi. Mazkur ixtiroga O‘zbekiston Respublikasining “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi qonuniga ko‘ra, Adliya Vazirligi tomonidan foydali model patenti berildi.
Nodir metallar va qattiq qotishmalar ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida ilk bor ferromolibden ishlab chiqarish texnologiyasi joriy etildi va to‘liq ishga tushirildi.
Nodir metallar va qattiq qotishmalar ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida 99,85%li toza molibden metalli olinishiga muvaffaq bo‘lindi.
Nodir metallar va qattiq qotishmalar ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida mutaxassislari tomonidan vanadiy metalli ilk namunalari olindi va izlanishlar davom ettirilmoqda.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati olimlari va mutaxassislarining. Qattiq qotishmalarga qo‘shish uchun volfram nano kukunini olish usuliga ixtiro pantenti berildi. Ushbu patent 100% OKMKga tegishli.
Koreyaning Kyondju shahrida Osiyo kukun metallurgiyasi bo‘yicha anjumanda OKMK olimlari tomonidan taqdim etilgan “Nodir metall va mis asosida bimetall laminat changlatib sepish nishonini ishlab chiqish va xususiyatlari” ishlanmasi 115ta taqdimot orasida g‘olib deya topildi. Ushbu ishlanma asosida ishlab chiqariladigan nishon yarim o‘tkazgichlar sanoatida qo‘llaniladi.