• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMKda sarhisob: Korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar va ustuvor vazifalar

22 Yanvar 2025, 8:16 23

2024-yilda OKMK tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo`yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, “Olmaliq KMK” AJ Markaziy apparatidagi (42 ta boʻlinmalar) hamda barcha 44 ta tarkibiy korxonalarda korrupsiyaga qarshi kurashish tadbirlarining amalga oshirish  ta’minlandi.

Hisobot davrida, “Alfakon Systems” MCHJ  konsalting kompaniyasi bilan hamkorlikda OKMKning korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi(KQKMT) batafsil qayta koʻrib chiqildi. Kombinatning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi jami 18 ta ichki lokal hujjatlari yalpi inventarizatsiyadan oʻtkazilib, shundan 2 ta hujjat yangi tahrirda ishlab chiqildi. “Olmaliq KMK”AJning tashqi va ichki korrupsiyaviy xavf-xatarlar omillari tahlili oʻtkazildi. Kombinat konteksti ishlab chiqildi, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi maqsad va vazifalar halqaro  standartlar  talabi  asosida  belgilab olindi. OKMK AJning korrupsiyaviy xavf-xatarlari yalpi baholanib, Kombinatning umumlashtirilgan yig’ma korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasi tasdiqlandi. Korxonaning korrupsiyaviy xatarlarga  moyilligi yuqori va oʻrta deb e’tirof etilgan lavozimlar roʻyxati  shakllantirildi. “Olmaliq KMK”AJning korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi (KQKMT) dastlabki ichki auditdan oʻtkazildi.

Suningdek, “ISO 37001:2016 – “Pora olish va pora berishga qarshi boshqaruv tizimlari – Foydalanish uchun talablar va tavsiyalar” korrupsiyaga qarshi kurashish boshqaruv tizimi boʻyicha oʻquv-trening mashg’ulotlari oʻtkazildi.

Korxonamizda E-anticor.uz Platformasining 1.1.1-bandida keltirilgan barcha 12 ta Korrupsiyaga qarshi kurashishga oid ichki idoraviy (lokal) hujjatlar ishlab chiqilgan, tasdiqlangan va bosqichma-bosqich amaliyotga  joriy qilinmoqda.

Bundan tashqari, qoʻshimcha ravishda “Olmaliq KMK”AJning Kuzatuv kengashi tomonidan 2022-yil 5-iyuldagi 17-son Protokol qarori bilan yana – 2 ta hujjat qabul qilindi.

“Olmaliq KMK” AJning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi jami hujjatlari soni 2025-yilning 1-yanvar holatiga jami - 18 donani tashkil qilmoqda.

Ta’kidlash joizki, Davaktiv agentligining 2023-yil 23-iyundagi №03/09-2-17/3005-son xatiga asosan Davaktiv agentligi tomonidan Osiyo taraqqiyot banki hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ekspertlari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan yangi tahrirdagi “Korporativ boshqaruv qoidalari”, “Аxloq kodeksi”, “Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati”, “Manfaatlar toʻqnashuvini boshqarish siyosati” va “Qoidabuzarliklar haqida xabardor qilish siyosati” kabi hujjatlar loyihalari Kombinatning oʻz faoliyat yoʻnalishlaridan hamda oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda qayta ishlab chiqildi. Va “Olmaliq KMK” АJ Kuzatuv kengashi hamda Davaktiv agentligiga koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun 2023-yilning avgust oyida taqdim qilindi. Yuqorida qayd etilgan hujjatlar “Olmaliq KMK”AJning Kuzatuv kengashi tomonidan 2023-yilning sentyabr oyida tasdiqlandi hamda Kombinatning internet tarmog’idagi rasmiy veb-sahifasiga barchaning tanishishi uchun oʻzbek (lotin alifbosida), ingliz va rus tillariga oʻgirilgan matnlari joylashtirilishi  ta’minlandi.

“Olmaliq KMK”AJning Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish yoʻnalishida 2024-2025 yillar uchun belgilangan maqsad va vazifalari ishlab chiqildi hamda Boshqaruv raisining oʻrinbosari S.Larionov  tomonidan 2024-yilning  8-oktyabr sanasida tasdiqlandi.

Yuqoridagi Maqsad va vazifalarda belgilangan 1-topshiriq ijrosi boʻyicha Komplayens xizmati tomonidan kombinat
IT departamenti mutaxassislari bilan hamkorlikda kombinat va tarkibiy korxonalardagi barcha 100% (bu tahminan – 35 ming nafar xodimlar degani) xodimlar tomonidan Manfaatlar toʻqnashuviga oid deklaratsiyalar, xabarnoma hamda reyestr yuritish ishlarini raqamlashtirish ishlari  amalga  oshirilmoqda.

Kombinat xodimlarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasini yanada yuksaltirish yoʻnalishida markaziy apparati hamda tarkibiy korxonalarning rahbar hamda muhandis-texnik toifadagi xodimlari uchun kombinatning korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻnalishidagi ichki normativ hujjatlarining mazmun-mohiyatini tushuntirish boʻyicha Test sinovlarini tashkil qilindi – rahbar va muhandis texnik xodimlarning eng kamida 10% ni oʻqitish hamda egallagan bilimlarini TEST sinovlaridan oʻtkazish ishlari amalga oshirilmoqda. TEST savolnomalari loyihalari ishlab chiqildi hamda Oʻquv markaziga test sinovlarini tashkil qilish uchun taqdim etildi.

Kombinat faoliyatida korrupsiyaning har qanday shakli va koʻrinishlariga nisbatan mutlaqo toqatsizlik (murosasiz) munosabatni shakllantirish yoʻnalishida markaziy apparat hamda tarkibiy korxonalarga tegishli bino va inshootlarda joylashtirish uchun 3 xil turdagi aksilkorrupsiyasiyaviy targʻibot va tashviqot materiallari ishlab chiqildi va Ijtimoiy ishlar boshqarmasiga chop etish va  xodimlar gavjum toplanadigan joylarga joylashtirish  uchun taqdim qilindi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PQ-240-son qaroriga asosan “Olmaliq KMK”AJning Ustavida belgilangan barcha funksiya va vazifalar korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash boʻyicha baholashdan dastlab 2023-yil 25-sentyabrda oʻtkazildi,  navbatdagi  baholash  esa  2024-yilning may oyida  oʻtkazildi.

Bundan tashqari, kombinatning 18 ta tarkibiy boʻlinmalarining barcha funksiya va vazifalari korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash boʻyicha baholashdan oʻtkazildi.

Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash ishlari Adliya vazirligida royhatdan oʻtgan  3383-son Uslubiyot asosida tashkil qilindi. “Olmaliq KMK”AJda jami 279 ta funksiya va vazifalar baholashdan  toʻliq oʻtkazildi.

Baholash natijalariga koʻra, ushbu funksiyalardan 269 tasi maqbul (past), 2 tasi oʻrtacha va 8 tasi yuqori xavf-xatarlar mavjud deb e’tirof etilgan hamda 2024-yilning may oyida kombinat markaziy apparati boʻlinmalari hamda tarkibiy korxonalarning umumlashtirilgan yaxlit korrupsiyaviy xavf - xatarlar xaritasi tasdiqlandi.

OKMKda korrupsiyaviy xavf-xatarlarga moyil boʻlgan funksiya va lavozimlar roʻyxati hamda 2024-yil korrupsiyaga qarshi kurashish doirasidagi maqsadlar va vazaifalar belgilandi va oʻquv-trening mashg’ulotlarini oʻtkazish boʻyicha Reja-dastur tasdiqlandi.

“Olmaliq KMK”AJda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash Uslubiyoti” talablariga muvofiq Kombinat va uning tizimida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash har yili yoki shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik talablari oʻzgarishida amalga oshirilishi belgilangan.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 2024-yil 8-maydagi №02-07-2798-son xatida bildirilgan taklif va e’tirozlar asosida, “Olmaliq КМК”AJning korrupsiyaviy xavf-xatarlari qayta baholab chiqildi.

Jumladan, Agentlikning tavsiyalariga muvofiq Kombinat Ustavida belgilangan barcha (jami – 65 dona) oltmish beshta funksiya va vazifalar toʻliq baholashdan oʻtkazildi.

Qayta baholash yakunlariga koʻra, Kombinat Ustavida belgilangan 65 ta funksiya va vazifalardan:

- 21 tasi (32,3%) – Yuqori;

- 36 tasi (55,4%) – Oʻrta;

- 8 tasi (12,3%) funksiya va vazifalarning korrupsiyaga moyillik darajasi “Past” deb e’tirof etildi.

Barcha funksiyalarning jarayonlar ustunidagi tavsiflarini batafsil yoritish ta’minlandi. Tegishli ustunda tartib taomillarning (normativ-huquqiy hujjatlar) rekvizitlari ham batafsil koʻrsatib oʻtildi. Bartaraf etish choralari ustunida esa Agentlik tomonidan qayd etilgan salbiy umumiylik holati bartaraf etildi hamda xar bir funksiyada unda aniqlangan korrupsiyaviy xavf-xatarlardan kelib chiqqan xolda, xavflarni bartaraf etish boʻyicha individual chora-tadbirlar ishlab chiqildi va ularning ijrochilari va muddatlari aniq belgilab qoʻyildi.

Agentlik mutaxassislari bilan uzviy hamkorlikda olib borilgan qayta baholash ishlari natijasida, Agentlik tomonidan muqaddam aniqlangan kamchilik va e’tirozlar toʻliq bartaraf etilishiga erishildi.

Ta’kidlash joizki, amalga oshirilgan ishlar natijasida “Olmaliq KMK”AJning Korrupsiyaviy xavf-xatarlar Xaritasi shakllantirildi va tasdiqlandi.

Xarita asosida aniqlangan korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish boʻyicha Dastur ishlab chiqildi va tasdiqlandi.

Shuningdek, Korrupsiyaviy xavf-xatarlarga moyilligi yuqori va oʻrta deb baholangan lavozimlar roʻyxati ham shakllantirildi va tasdiqlandi.

OKMKning 2024-yil davomida Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi deklaratsiyalar,  xabarnoma va reyestrni toʻldirgan umumiy xodimlar soniga nisbatan - 47,2 foizni yoki 16 442 nafar xodimlar tomonidan toʻldirilishiga erishildi. Ishga qabul qilishda, lavozimi oʻzgarayotganda, rotatsiya qilinayotganda va yillik deklaratsiyani toʻldirgan kombinat xodimlarining umumiy roʻyxati Xodimlar bilan ishlash xizmati tomonidan tasdiqlandi.

“Olmaliq KMK” AJ Boshqaruv raisining buyrugʻi bilan “Olmaliq KMK”AJda Manfaatlar toʻqnashuvini boshqarish toʻgʻrisida”gi Nizom tasdiqlangan. Mazkur hujjat bilan Kombinat va uning tarkibiy boʻlinmalarida manfaatlar toʻqnashuvini oldini olish va bartaraf etish tartibi, shuningdek, manfaatlar toʻqnashuvini deklaratsiya qilish qoidalari belgilangan. Hujjat  Kombinatning rasmiy veb.saxifasida oʻzbek, rus va ingliz tillarida joylashtirilgan.

Kombinat va uning tarkibiy tuzilmalarida manfaatlar toʻqnashuvi holatlari kelib chiqishini oldini olish maqsadida quyidagi holatlarda xodimlar tomonidan deklaratsiyalar taqdim etilishi belgilangan va ayni  kunda  ushbu  qoida  asosida  deklaratsiyalarni  yalpi toʻldirish ishlari  amalga oshirilib kelinmoqda:

- vakant boʻlgan boʻsh ish oʻrinlarga nomzodlarni lavozimga tayinlash va (yoki) rotatsiya qilishda;

- yillik deklaratsiyalar;

- real yoki potensial manfaatlar toʻqnashuvi yuzaga kelgan fakti boʻyicha deklaratsiyalar toʻldirilishi shartligi belgilab qoʻyilgan.

Komplaens xizmati tomonidan Kombinat IT departamentining mutaxassislari bilan hamkorlikda Kombinat markaziy apparati va tarkibiy korxonalardagi barcha 100% xodimlar tomonidan Manfaatlar toʻqnashuviga oid deklaratsiyalar, xabarnoma hamda reyestr yuritish ishlarini raqamlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Umid  qilamizki,  yangi raqamlashtirilgan  deklarasiyalash  tartibi  1-chorakda toʻliq  ishga tushiriladi.

Korrupsiyaga qarshi qoidalar “Olmaliq KMK”AJning 2024-yilda imzolangan barcha yani  6015 dona shartnoma va kontraktlariga  kiritilishi  toliq ta’minlandi. Shundan, “Kontragentlarni tekshirish toʻgʻrisida”gi Nizomga muvofiq, kontragentlarni tekshirish ishlari  “tender”, “eng yaxshi taklifni tanlash” va “toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar” kabi xaridlar turlari kesimida
“Forensic audit”,  “Know your Customer” hamda “Due diligence” ya’ni Soliq kodeksining 15-moddasiga koʻra, “lozim darajada ehtiyotkorlik qilish” qoidalariga  koʻra  yuqorida  qayd etilgan shartnomalar turlari  boʻyicha kontragentlar kompleks tekshiruvlardan oʻtkazilishi  ta’minlandi.

Kompleks tekshiruvdan oʻtkazilgan shartnoma va kontraktlar soni Hisobot davrida jami - 180 donani  tashkil qildi.

Hisobot davrida kontragentlar tomonidan korrupsiyaga qarshi qoidalarni shartnoma va kontraktlarga kiritishni rad etish holatlari kuzatilmadi.

“Olmaliq KMK”AJning biznes-hamkorlari bilan tuzilgan shartnomalarga “Kombinatning Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha shartlar”i kiritish barcha turdagi shartnoma va kontraktlar boʻyicha ta’minlandi.

Shuningdek, Kombinatning ish beruvchi sifatida xodimlar bilan tuziladigan barcha mehnat shartnomalariga ham Inson  resurslari departamenti tomonidan aksilkorrupsiyaviy  qoidalar  kiritilishi  ta’minlanmoqda.

“Olmaliq KMK” AJda  2024-yil davomida jami 1253 nafar yangi xodimlar ishga qabul qilingan.

Barcha nomzodlar 100% tekshirilishi ta’minlangan. Nomzodlarni tekshirish ishlari Boshqaruv raisining Xavfsizlik boʻyicha oʻrinbosari, Kombinat markaziy apparati Rejim maxfiylikni ta’minlash boʻlimi hamda tarkibiy korxonalardagi xavfsizlik boʻyicha rahbar oʻrinbosarlari tomonidan amalga oshirilgan.

Tasdiqlovchi hujjatlar E-anticor.uz Platformaning 1.2.3.3.- indikatoriga joylashtirildi. Ishga qabul qilinuvchi nomzodlar ustidan oʻtkazilgan tekshiruvlar toʻg’risidagi xulosalar ham Platformaga yuklandi.

“Olmaliq KMK”AJning 2024-yil 21-iyundagi 000935 – son buyrugʻi bilan Kombinatning 17 nafar xodimlari
“Alfakon  Systems”MCHJ tomonidan ISO 37001:2016 xalqaro standartining  qoida  va  talablarini oʻrgatish boʻyicha  oʻqitildi.

“Olmaliq KMK” AJ Inson resurslari departamenti tomonidan tasdiqlangan oʻqitish turlari, shakllari, oʻqitilgan xodimlar soni hamda ularning lavozimi va boʻlinmalari roʻyxati ilovada kiritilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi huzuridagi Huquqni muhofaza qilish Akademiyasi tomonidan Kombinat xodimlariga berilgan sertifikatlardan namunalar E-anticor.uz platformaning 4.2.4. Indikatorda 3 ta donasi biriktirildi.

Bundan tashqari, “Olmaliq KMK” AJning 2024-yil 11-iyuldagi №59-FMSh/24-07-02228 – son farmoyishi bilan Kombinatning 125 nafar xodimlari rahbar hamda injener-texnik toifadagi xodimlar korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar toʻqnashuvning oldini olish, bartaraf etish, xalqaro standartlar talablari kabi mavzularda Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi mutaxassislari tomonidan Olmaliq shahridagi MISIS universitetiga 6 kun davomida tashrif buyurgan holda oʻqitildi.

Xodimlarni  oʻqitish va malakasini oshirishga oid hujjat va tasdiqlovchi materiallar Platformaning 4.2.4. Indikatoriga biriktirildi.

“Olmaliq KMK” AJ xodimlarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy ongini yanada oshirish hamda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida, 2024-yilda oʻquv-trening mashgʻulotlarini oʻtkazish boʻyicha Kombinat oʻquv markazi tomonidan reja-dastur tasdiqlangan va belgilangan muddatlarda oʻquv-treninglar oʻtkazib kelinmoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurashish boshqaruv tizimi talablarining oʻzlashtirilganlik darajasini tekshirish maqsadida, 125 nafar xodimlar oʻrtasida test sinovlari oʻtkazildi.

2024-yil 9-dekabr kuni – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Olmaliq shahridagi “Metallurg” madaniyat saroyida Kombinat rahbarlari   boshchiligida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri  oʻtkazildi.

“Olmaliq KMK” AJ Boshqaruv Raisining korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish yuzasidan xodimlar va biznes hamkorlarga yoʻllagan murojaati Kombinatning rasmiy veb-sahifasida davlat tilida, rus va ingliz tillarida joylashtirilgan.

“Olmaliq KMK”AJga ishga qabul qilingan yangi xodimlarga Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi yuzasidan doimiy tarzda, “Welcome Training” dasturi   boʻyicha Oʻquv markazi tomonidan muntazam ravishda oʻquv treninglar oʻtkazilib kelinmoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimini yanada takomillashtirish, shuningdek mijoz va xodimlarning fikrini oʻrganish maqsadida, Kombinatning rasmiy Telegram kanalida “Soʻrovnoma”lar joylashtirilgan.

Kombinat rasmiy veb-sayti hamda Axborot xizmatining telegram kanali hamda ijtimoiy tarmoqlarda korrupsiyaviy xatti-harakatlar toʻgʻrisida xabar berish uchun moʻljallangan aloqa kanallari toʻgʻrisida e’lonlar joylashtirilgan.

Xodimlarga aloqa kanallari va ular orqali korruptsiyaga oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisida xabarlar yuborish imkoniyati haqida eslatmalar muntazam yuboriladi. Bular, OKMKning internet tarmogʻidagi rasmiy veb-sahifasi (https://agmk.uz/ru/menu/helpline-) yoxud elektron pochta manzili orqali (stop.corruption@agmk.uz ).

“Olmaliq KMK”АJning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy kanal va sahifalari (misol uchun Facebookdagi rasmiy sahifasi http://www.facebook.com/agmkofficial ) orqali.

“Olmaliq KMK” АJning Ishonch telefon raqamlari orqali: (+998 70) 619-23-33; (+998 78) 141-93-33 (Ishonch va boshqa ish telefon raqamlari orqali).

“Olmaliq KMK”АJning telegram boti (@OKMK_OFFICIAL_bot) “Olmaliq KMK” АJ rahbariyati yoxud Komplayens xizmatiga ogʻzaki (shaxsan) murojaat qilishlari mumkin.

Komplayens xizmati:

(+998 70) 619-51-16 (Komplaens xizmati);

(+998 93) 182-09-04 (Komplaens xizmati);

(+998 93) 182-24-22 (Komplaens xizmati);

(+998 78) 141-90-09 (Kommutator);

(+998 70) 619-51-68 (Ofis-menejer xizmati – xatlar yuborish uchun).

“Olmaliq KMK” АJning internet tarmog’idagi rasmiy veb-sahifasi havolasi: www.agmk.uz

Telegramm messenjerida – “AGMK-OKMK rasmiy kanali” - https://t.me/ao_agmk

Facebook messenjerida: www.facebook.com/agmkofficial

Youtube videoxostingida: www.youtube.com/c/AGMKuzAlmalik

Instagram messenjerida: www.instagram.com/agmkofficial/

Twitter mikroblogida: https://twitter.com/agmk_official

2024-yil mobaynida “Olmaliq KMK” AJda jami 106 ta jinoyatlar sodir etilgan, shundan 17 ta fosh etilmagan jinoyatlar, jinoyatlarni fosh etish  darajasi - 83,9 % tashkil etdi.

“Olmaliq KMK”AJdagi jinoyatlar oʻrganilganda, 2024-yil davomida oʻtgan yilga nisbatan jinoyat turlarida oʻsish holatlari kuzatilgan, biroq “Olmaliq KMK”AJda bezorilik jinoyati 100 foizga kamaygan.

“Olmaliq KMK” АJda sodir etilgan jinoyatlarning 58,2 foizini (106 tadan 67 ta) oʻgʻrilik va firibgarlik  jinoyatlari tashkil etgan.

“Olmaliq KMK” АJda maʼmuriy huquqbuzarliklar soni, 2023-yilning shu davrida 136 ta shaxslar va 2024-yilning shu davrida 230 shaxslar maʼmuriy javobgarlikka tortilgan.

2024-yilning 19-26 sentyabr kunlari dastlabki ichki audit oʻtkazildi, audit jarayonida bir qator kamchiliklar aniqlanib va kamchiliklar boʻyicha tavsiyalar berildi. Shuningdek audit davomida korrupsiya haqida, korrupsiyaga duch kelganda kimga murojaat qilish kerakligi toʻgʻrisida tushuntirishlar berildi.

Ichki audit yakunlari boʻyicha ayrim nomuvofiqliklar kuzatildi hamda ushbu nomuvofiqliklarni bartaraf etish boʻyicha aniq tavsiyalar berildi.

Olmaliq KMK”AJning Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish yoʻnalishida 2025-yilda Kombinat va tarkibiy korxonalardagi barcha (qamrov 100%) xodimlar tomonidan Manfaatlar toʻqnashuviga oid Deklaratsiyalar, Xabarnoma va Reyestr yuritishni ta’minlash. Test sinovlarini topshirgan rahbar va injener-texnik xodimlarning 90 % da - ijobiy natija qayd etilishiga erishish maqsad qilingan.

Kombinat xodimlarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasini yanada yuksaltirish yoʻnalishida: Test sinovlarini topshirgan rahbar va injener-texnik xodimlarning 90 % da – ijobiy natija qayd etilishiga erishiladi.

Kombinat faoliyatida korrupsiyaning har qanday shakli va koʻrinishlariga nisbatan mutlaqo toqatsizlik (murosasiz) munosabatni shakllantirish uchun targ’ibot va tashviqot materiallari tarqatilib, tarkibiy korxonalarning eng gavjum kamida 20ta joyida oʻrnatiladi.

Kombinat tizimida korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash, ularga barham berish, ularning oqibatlari, korrupsiyaga olib keluvchi sabablar, shart-sharoitlar va omillarni bartaraf etish, korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi tamoyilini hech bir istisnolarsiz taʻminlash hisobiga Korrupsiyaviy xavf-xatar yuqori boʻlgan  funksiya va vakolatlarning  umumiy  sonini 30% ga tushirishni oʻzimiz  uchun  ustuvor vazifa  qilib belgilab  olganmiz.

2025-yilning I choragida Kombinat hamda uning tarkibiy korxonalarida joriy etilgan korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini ISO 37001:2016 halqaro standartlariga muvofiqlashtirish hamda tegishli tasdiqlovchi halqaro sertifikatni qoʻlga kiritish ham asosiy maqsadimiz sanaladi.

Sh.H. Joʻrayev,

“Olmaliq KMK”AJ Komplayens xizmati boshligʻi v.v.b.

Bo`lishmoq:
Text to speech