• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

O‘quv markazining faoliyati sarhisobi

09 Yanvar 2024, 10:10 599

OKMK ishchi-xodimlarini, rahbarlarini va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha 2023-yilla O‘quv markazi tomonidan belgilangan rejaga muvofiq bir qator ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, kadrlarni qayta tayyorlash  va malakasini oshirish yo‘nalishida 6618 nafar ishchilarning malakasi oshirildi. Shulardan 1413 nafari esa ishdan ajralgan holda o‘z malakalarini oshirishdi.

Shuningdek, 2188 nafar ishchi kasb-hunarga tayyorlanib, ikkinchi mutaxassisliklarni o‘zlashtirishdi.

Bundan tashqari, 2433 nafar muhandis texnik xodimlarning malakasi oshirilib, qayta tayyorlandi. Ushbu jarayonda 860 nafar muhandis texnik xodim ishdan ajralgan holda ishtirok etishdi.

2023-yil davomida Sanoat xavfsizligi davlat inspeksiyasi nazoratida bo‘lgan obyektlarda payvandlash ishlarini bajarish huquqiga ega payvandchilarni tayyorlash (kleymo raqami berish) maqsadida “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti va Mis boyitish fabrikasidan jami 48 nafar xodimlar uchun o‘quv kursi tashkil qilindi. Bu yilda esa Markaziy ta'mirlash mexanika zavodi, Issiqlik elektr markazi va boshqa korxonalar xodimlarini yuqoridagi kasbga qayta tayyorlash maqsadida o‘quv kursi tashkillashtirish  rejalashtirilgan.

Kombinat tarkibiy korxonalarida faoliyat yurituvchi moddiy javobgar shaxslar uchun 1 C-buxgalterlik hisobi dasturini o‘rganish bo‘yicha o‘quv kursi tashkil etilib, mazkur o‘quv kursida kombinatning 200 nafardan ortiq moddiy javobgar shaxslari ishtirok etishdi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikda “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti ehtiyojidan kelib chiqqan holda qurilish sohasidagi mutaxassislar uchun “Shaharsozlik normalari va qoidalari” mavzusida o‘quv kursi tashkil etildi.

Bundan tashqari, yangi barpo etilayotgan 3-Mis boyitish fabrikasiga ishga qabul qilingan 493 nafar xodimlar uchun kombinat tarkibiy korxonalarida amaliyot(stajirovka)lar tashkil etildi.

Kombinatning 14751 nafar ishchilari va 868 nafar muhandis texnik xodimlari uchun mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha o‘quv kurslari tashkillashtirildi.

Oliy o‘quv yurtlarida “Olmaliq KMK” AJ hisobidan mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha ham bir qator ishlar bajarildi.

Ma'lumot uchun bugun kunda OKMK yurtimizdagi 10 ta oliy o‘quv yurti va Rossiya Federatsiyasining MTTU “MISiS” universiteti va filiallari bilan oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha hamkorlikni olib boradi. Hozirgi kunda kombinat hisobidan o‘qiyotgan umumiy talabalar soni 189 nafarni tashkil etadi. Bundan 11 nafar talaba OTMlarning kunduzgi va 178 nafar talaba sirtqi va kechki bo‘limlarida ta'lim oladi.

O‘quv markazi Kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘limi tomonidan Oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda bir qator ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, kombinat mutaxasisslari tomonidan Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialida va MISiS Olmaliq filialida seminarlar o‘tkazildi.

Mis boyitish fabrikasi, Markaziy ta'mirlash mexanika zavodi, Rux zavodi va Mis eritish zavodi tarkibiy korxonalaridagi kafedralarda 533 nafar MISiS Olmaliq filiali talabalari uchun dual ta'lim mashg‘ulotlari tashkil etildi.

MISiS Olmaliq filialining 68 nafar talabalari tarkibiy bo‘linmalarga diplom oldi amaliyotga qabul qilindi. Kombinat tarkibiy bo‘linmalarida O‘zbekiston Milliy universitetining 5 nafar talabalari amaliyot o‘tadi.

Oliy ta'lim muassasalarining 1864 nafar talabalari uchun amaliyot jarayonlari, 1940 nafar talabalari va 26 nafar professor o‘qituvchilari uchun kombinat tarkibiy korxonalariga ekskursiyalar tashkillashtirildi.

Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali, Geologiya fanlar universiteti va MISiS Olmaliq filiali bilan 2023-2024 o‘quv yili uchun amaliyot jadvallari ishlab chiqilib, tasdiqlandi.

Denov tadbirkorlik instituti bilan talabalar amaliyotini tashkil etish bo‘yicha hamkorlik shartnomasi tuzildi.

Frayberg tog‘-kon akademiyasi texnika universiteti tomonidan OPAL-ta'lim platformasi orqali masofaviy o‘qitish maqsadida o‘tkazilgan seminarlarda 103 nafar kombinat xodimi ishtirok etdi.

Frayberg tog‘-kon akademiyasining texnika universiteti aspirantura bosqichida ta'limni davom ettirish uchun nomzod A.Rozikulovga milliy viza rasmiylashtirildi. 2024-yilning yanvar oyida nomzodning Germaniyaning Frayberg shahriga o‘qish uchun jo‘nab ketishi rejalashtirilmoqda.

Yaponiyaning Akita universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalaridan iborat jami 30 nafar xorijiy delegatsiyasi uchun Qalmoqqir KB, 3-Mis boyitish fabrikasi, 2-Mis boyitish fabrikasi, Mis eritish zavodi, Jizzax sement zavodida ekskursiya tashkil etildi.

Ushbu oliygoh delegatsiyasi va “Olmaliq KMK” AJ o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida metallurgiya, materialshunoslik va foydali qazilmalarni boyitish yo‘nalishlarida talabalarni o‘qitish bo‘yicha tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.

Toshkent shahridagi Adju universiteti bilan o‘rnatilgan hamkorlik aloqalari doirasida 2023-yil 19-dekabr kuni Qalmoqqir KB, Loyiha ishlari boshqarmasi, “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti va O‘quv markazi mutaxassislari Toshkent shahridagi Adju universitetining qurilish inshoatlari maket binolari ko‘rgazmasida ishtirok etishdi. Universitet rahbariyati bilan bo‘lgan muzokaralar davomida talabalarining amaliyoti, kombinat mutaxassislarini qurilish yo‘nalishida malakasini oshirishga mo‘ljallangan qisqa muddatli kurslar o‘tkazilishi rejalashtirildi.

Hamkorlik doirasida tarkibiy bo‘linmalarining mutaxassislari uchun ingliz tili bo‘yicha o‘quv kurslari tashkillashtirildi.

Shuningdek, Rossiyaning Tomsk shahridagi politexnika universitetining magistratura bosqichiga kombinatning 18 nafar xodimlari o‘qishga qabul qilindi. Tomsk politexnika universiteti mutaxassislari tomonidan tashkil etilgan seminarlarda 22 nafar kombinat xodimlari ishtirok etishdi.

Mazkur universitet tomonidan o‘tkazilgan “Proriv” olimpiadasida kombinatning 91 nafar xodimlari ishtirok etdi. Ushbu olimpiadada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan xodim Tomsk politexnika universitetining magistratura bosqichiga o‘qishga qabul qilindi.

Bundan tashqari, Koreya Respublikasining “KIRAM” nodir metallar instituti bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilib, ushbu aloqalar doirasida Nodir metallar va qattiq qotishmalar ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasida 2023-yil 25-26 oktyabr kunlari VII O‘zbek-Koreya “Kamyob metallar va mis sanoati” mavzusida seminar o‘tkazildi.

Rossiya Federatsiyaning “RTSIM” MChJ kompaniyasi mutaxassislari tomonidan kombinatning Mis eritish zavodi, Mis boyitish fabrikasi, Rux zavodi, O‘quv markazi va Xavfsizlik texnik tizimlari xizmatining jami 14 nafar mutaxassislari uchun “Kompyuter simulyator platformasi orqali tog‘-kon tarmoqlarida ta'lim amaliyotini modellashtirish imkoniyatlari” mavzusida seminar trening o‘tkazildi. 2024-yilning yanvar oyida mazkur simulyator bo‘yicha o‘rta muddatli masofaviy kurs o‘tkazish rejalashtirilgan.

MM va SX bosh muhandisi o‘rinbosari va mutaxassislari hamkorligida Moskva shahridagi "CourseCreator" kompaniyasining bosh direktori Samin Turdikulov tomonidan taqdimot o‘tkazildi.

Toshkent davlat texnika universiteti va MISiS Olmaliq filialini 2022-2023-o‘quv yilida tamomlagan bitiruvchilar uchun 3-Mis boyitish fabrikasidagi bo‘sh ish o‘rinlariga qabul qilish bo‘yicha imtihon tashkillashtirildi.

Mis boyitish fabrikasi, Markaziy ta'mirlash mexanika zavodi, Rux zavodi va Mis eritish zavodi korxonalaridagi “Metallurgiya”, “Konchilik ishi” va “Texnologik jarayonlarni va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish”kafedralarida MISiS Olmaliq filiali talabalari uchun dual ta'lim mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Kombinat tarkibiy korxonalarida oliy ta'lim muassasalari talabalari amaliyotini tashkil etish maqsadida 21 ta oliy ta'lim muassasalari bilan shartnomalar imzolandi.

MTTU “MISiS” Olmaliq filiali va Geologiya universiteti talabalari uchun amaliyotlar hamda dual ta'lim tizimi sifatini oshirish maqsadida talabalarga malakaviy bitiruv ish mavzulari, ishlab chiqarishdagi yechimini kutayotgan dolzarb masalalar ro‘yxati taqdim etildi.

Shuningdek, kollejlar bilan samarali hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ushbu ishlar doirasida Sariosiyo tumani 2-son kasb-hunar maktabi, Olmaliq kon-metallurgiya kolleji va Olmaliq konchilik  kasb-hunar maktabi bilan o‘quvchilar amaliyotini tashkillashtirish bo‘yicha hamkorlik shartnomasi tuzildi.

Olmaliq kon-metallurgiya kolleji bilan 2023-2024 o‘quv yili uchun amaliyot jadvali tasdiqlandi.

Kombinat tarkibiy bo‘linmalarida Olmaliq kon-metallurgiya kollejining 505 nafar talabalari uchun amaliyot tashkillashtirildi.

Olmaliq konchilik maktabining 93 nafar o‘quvchilari uchun kombinat tarkibiy korxonalarida ekskursiya tashkil etildi.

Olmaliq kon-metallurgiya kollejining dual ta'lim tamoyili asosida tahsil olayotgan 16 nafar o‘quvchilari uchun kombinat tarkibiy bo‘linmalarida amaliyotlar davom etmoqda.

Olmaliq kon-metallurgiya kollejining ishlab chiqarish ta'limi ustalari uchun MM va TX bo‘yicha seminar va imtihon tashkil etilib,  kollejdagi ta'mirlovchi chilangar yo‘nalishining davlat atestatsiya imtihoni bo‘lib o‘tdi.

Masofaviy ta'limni rivojlantirish bo‘yicha ham samarali ishlar amalga oshirildi.

Xususan, kombinat ishchi-xodimlarining malakasini oshirish hamda kasbiy yo‘nalishidagi o‘quv kurslari uchun ajratilgan xarajatlarni kamaytirish va LMS ta'lim platformasi tizimiga o‘z vaqtida kontent tayyorlash va joylashtirish maqsadida 2023-yil davomida 256 ta kasbiy o‘quv dasturlari va mavzulari bo‘yicha video kurslar tayyorlanib, LMS tizimiga joylashtirildi.

2023-yil davomida 3187 nafar kombinat xodimlari LMS onlayn ta'lim platformasidan foydalangan, ushbu xodimlar tomonidan 9675 ta o‘quv kurslari o‘zlashtirilgan, 4328 ta o‘quv kursi o‘zlashtirish jarayonida. Ushbu ta'lim platformasiga kombinatning jami 33694 nafar xodimlari uchun 14 ta fakultativ o‘quv kurslari joylashtirilgan.

Markazimizning malaka baholash markazi faoliyatiga ham nazar tashlaydigan bo‘lsak, ko‘plab ishlar amalga oshirilganiga guvoh bo‘lamiz.

Jumladan, Geologiya va kon sanoati sohasida kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish bo‘yicha tarmoq kengashi tomonidan ko‘rib chiqilgan 20ta kasb standartlari bo‘yicha tayyorlangan baholash vositalari Mehnat instituti tomonidan o‘rganilib,  Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga xulosa olish uchun taqdim etildi. Ushbu baholash vositalari "Burg‘ulash qurilmasi mashinisti",“Flatotor", "Filtrlovchi", "Kompressor qurilmalari mashinisti", "Bunkerlovchi", "Tegirmon mashinisti", "G‘alvirlovchi", "Nasos qurilmalari mashinisti", "Mustahkamlovchi", "Buldozer mashinisti", "Konveyer mashinisti", "Shixtalovchi", "Qizdiruvchi", "Qurituvchi", "Geologik ishlarda kon ishchisi", "Reagentlarni erituvchi", "Marksheyderlik ishlarida kon ishchisi", "Gidrometallurg apparatchisi", "Lampachi", "Ekskavator mashinisti" kabi kasblar bo‘yicha tayyorlandi. 

Malaka baholash markazi mutaxassislari tarkibiy bo‘linmalar ekspertlari bilan hamkorlikda 5ta kasb standarti,  "Burg‘ulash qurilmasi mashinisti",“Flotator", "Filtrlovchi", "Kompressor qurilmalari mashinisti", "Bunkerlovchi", "Tegirmon mashinisti","Buldozer mashinisti", "G‘alvirlovchi", "Nasos qurilmalari mashinisti",  "Mustahkamlovchi", "Konveyer mashinisti", "Shixtalovchi", "Qizdiruvchi", "Qurituvchi" "Geologik ishlarda kon ishchisi", "Reagentlarni erituvchi", "Marksheyderlik ishlarida kon ishchisi", "Gidrometallurg apparatchisi", "Lampachi", "Ekskavator mashinisti" kasblari bo‘yicha 20 ta baholash vositalari ishlab chiqildi. 20 ta baholash vositalari uchun kasb standartlari bo‘yicha tegishli mutaxassislar, ekspertlar bilan kelishilgan holda umumiy 1900 ta testlar tayyorlanib, 155 ta amaliy ishlar ishlab chiqildi.  Ekspertlardan 20 ta baholash vositalariga xulosa olindi va Tarmoq Kengashi va Mehnat institutida ekspertizadan o‘tkazilib, xulosa olindi.

“Olmaliq KMK” AJning 2023-yil 7-martdagi №20-1/11-sonli “Ishlab chiqarish yig‘ilishi” bayonnomasiga ko‘ra, belgilangan vazifa va topshiriqlar ijrosini ta'minlash, shuningdek, kombinat korxonalarida mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha mas'ul bo‘lgan xodimlarning o‘z xizmat vazifalarida mas'uliyatini yanada oshirish, ishlab chiqarish obyektlarida baxtsiz hodisalarni oldini olish hamda xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratilishini ta'minlash maqsadida malaka sinov imtihonlari o‘tkazildi.  Belgilangan vazifa va topshiriqlar ijrosini ta'minlash yuzasidan tashkil etilgan jarayon Mis boytish fabrikasi, Rux zavodi, Markaziy ta'mirlash mexanika zavodi, “Xondiza” KB mutaxassis xodimlari bilan tashkil etilgan o‘quv kurslari yakuni bo‘yicha o‘tkazildi.

Sinov imtihonlarida jami 200 nafar muhandis texnik xodimlarning kasbiy malaka va ko‘nikmalari baholandi.

“Olmaliq KMK” AJ tarkibiy korxonalariga ishga qabul qilingan jami 217 nafar xodimlar mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha yo‘riqnomadan o‘tkazildi.

Umid qilamizki 2024-yilda ham oldimizga qo‘yilgan vazifa va topshiriqlarni samarali bajaramiz.

Doniyor Karimov,

O‘quv markazi boshlig‘i

Bo`lishmoq:
Text to speech