• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMKda tejamkorlik siyosati

19 Dekabr 2023, 9:37 562

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida energiya resurslarini tejash bo‘yicha samarali ishlar olib borilmoqda. Jumladan, kombinat tarkibiy bo‘linmalarida joriy yil uchun energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha 43 tashkiliy-texnik chora-tadbirlar ishlab chiqilib, amalga oshirildi.

Xususan, chastota o‘zgartirgichlar o‘rnatish, nasoslarni elektr yuritmalari kam quvvatlisiga, kompressorni energiya samaradorligi yuqorisiga almashtirildi. Konlardagi ekskovatorlarga past kuchlanishli komplekt uskunalari joriy etildi. Lokomotivlarning kommutatsiya sxemasi o‘zgartirilib, gaz kristallizatorining astarlash texnologiyasi takomillashtirildi. Konusli maydalagich zahiralarini tayyorlashda kuyishga qarshi qoplamadan foydalanildi. Oldindan qizdirish uchun qo‘shimcha DN-12 tutun nasosini o‘rnatish, alanga qaytaruvchi pechning issiqlik rejimini kuchaytirish va boshqa tadbirlarni amalga oshirish natijasida joriy yilda 15,2 mln kVt.soat elektr energiyasi, 3,9 mln m3 tabiiy gaz va 1,37 ming tonna neft mahsulotlari tejamkorligiga erishildi.

Yana bir ahamiyatli jihat, OKMKda “Yashil” iqtisodiyotga o‘tish tamoyillaridan biri bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish ishlari samarali olib borilmoqda. Jumladan, kombinat obyektlarini elektr energiyasi bilan ta'minlash uchun ishga tushirilgan umumiy quvvati 750 kVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalarida 2023-yil davomida 630 ming kVt.soat ko‘proq elektr energiyasi ishlab chiqarildi.

2023-yilda quyosh fotoelektr stansiyalarini o‘rnatish bo‘yicha reja-jadvalini amalga oshirish maqsadida umumiy quvvati 9 041 kVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalarini loyihalash, uskunalarni yetkazib berish va o‘rnatish, ishga tushirish shartlari asosida qurish uchun tegishli shartnomalar tuzildi. Bunda kombinatning jami 30 dan oshiq obyektida (8 062 kVt ishlab chiqarish obyektlari, 979 kVt ijtimoiy obyektlarda) quyosh fotoelektr stansiyalari o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan.

Mazkur loyihani amalga oshirish natijasida yiliga 6 200 ming kVt.soat (6,2 mlrd. so‘m) elektr energiyasi tejalishiga erishiladi.

Yaqinlashib kelayotgan 2024-yilda ham OKMKda tejamkorlik siyosati ustuvor vazifa sanaladi.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech