"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Olmaliq kon-metallurgiya kombinati bugungi kunda dunyoning ko‘plab yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan o‘zaro manfaatli va strategik hamkorlik aloqalarini izchil rivojlantirib kelmoqda.
Joriy yilning 9-iyun kuni kombinatga Xitoy Xalq Respublikasi va Italiyaning nufuzli universitetlari vakillari, xususan, dunyoga mashhur Piza universiteti hamda Chendu texnologiya universiteti, Geologiya fanlari universiteti ekspertlaridan iborat nufuzli delegatsiya tashrif buyurdi.
Delegatsiya a’zolari dastlab OKMKning zamonaviy kadrlar tayyorlash tizimi — O‘quv markazi va Muhandislar maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishib, yosh mutaxassislar va ishchilar uchun yaratilgan sharoitlarni yuqori baholadilar.
Shundan so‘ng, mehmonlar kombinatimizning yirik sanoat obyektlari — “Qalmoqqir” va “Yoshlik-1” ochiq konlarida bo‘lishib, ulkan texnologik ishlab chiqarish jarayonlari hamda konchilik texnikalarining ishlash tizimini bevosita ko‘zdan kechirishdi. Sanoat obyektlaridan tashqari, “Metallurg” madaniyat saroyidagi to‘garaklar va tarixiy muzey eksponatlari ham xorijlik mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.
Tashrif faqatgina tanishuv bilan cheklanib qolmadi. Xorijlik olimlar va ekspertlar OKMK mutaxassislari, muhandislari hamda geologlari uchun geologiya va mineralogiya sohasidagi eng dolzarb hamda istiqbolli mavzularda bir qator amaliy seminar-treninglar o‘tkazishdi.
Uchrashuvlar davomida konchilik sohasida o‘zaro jonli tajriba almashinuvi bo‘lib o‘tdi. Turli davlatlar vakillari sohaga raqamli texnologiyalarni joriy etish, konlarni o‘zlashtirishning zamonaviy va xavfsiz yondashuvlarini muhokama qildilar hamda kelgusidagi qo‘shma ilmiy-ta’lim loyihalarini amalga oshirish uchun mustahkam poydevor yaratdilar.
Ushbu tashrif Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining jahon ilmiy hamjamiyatiga integratsiyalashuvi hamda ishlab chiqarish va ta’lim sohasiga xalqaro ilg‘or tajribalarni samarali joriy etish yo‘lidagi navbatdagi dadil qadami bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Ulug‘bek Igamberdiyev,
O‘quv markazi yetakchi muhandisi