• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33
  • Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33

OKMKda yangi Ohak zavodi qurilishiga start berildi

25 Fevral 2025, 13:34 901

Bugun Jizzax viloyati, Forish tumanida OKMKda “Yoshlik-I” konini o‘zlashtirish investitsiyaviy loyihasi doirasida Yangi ohak zavodini qurilishiga start berildi.

Tadbirda OKMK rahbariyati, Jizzax viloyati hokimligi mas'ullari, Xitoy Xalq Respublikasining “Jiangsu Pengfei Group Co. Ltd.” pudrat tashkiloti rasmiy vakillari, mehnat faxriylari ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘z olganlar zavodning kombinat ishlab chiqarish zanjiridagi ahamiyati muhim ekanligini hamda ushbu hududning aholi bandligini ta'minlash va iqtisodiy rivojlanishiga zamin yaratishini ta'kidlashdi.

Shundan so‘ng, OKMK rahbariyati, pudrat tashkiloti rasmiylari hamda nuroniylar ishtirokida kelajak avlodlarga bitilgan maktub solingan ramziy vaqt kapsulasi belgilangan joyga qo‘yildi va zavodning qurilishi rasman start oldi.

Ushbu Ohak zavodi 1-, 2-, 3- va 4-mis boyitish fabrikalari, mis eritish zavodlari, rux zavodi, Angren, Chodak hamda Xonjiza kon boshqarmalarini texnologik jarayonlari uchun zarur bo‘lgan reagent - ohak bilan ta'minlaydi.

Zavod Xitoy Xalq Respublikasining “Jiangsu Pengfei Group Co. Ltd.” kompaniyasi tomonidan quriladi.

Zavodning quvvati sutkasiga 2200 tonna, yiliga 737 ming tonna mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etadi.

Mahsulot ishlab chiqarish uchun xomashyo Jizzax viloyati, Forish tumanidagi Chimqo‘rg‘on-1, Chimqo‘rg‘on-2 ohaktosh konlaridan olinadi.

E'tiborlisi, ushbu zavod ishga tushishi natijasida 323 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Close menu