• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMKda yashil iqtisodiyotning samarasi

27 Noyabr 2024, 8:6 120

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida qayta tiklanuvchi muqobil energiya manbalaridan foydalanish hamda energiya resurslarni tejash maqsadida samarali ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Masalan, Sanoat temiryo‘l transport boshqarmasining 3-sonli temir yo‘l sexi hududidan o‘tuvchi «Tanachi-Bo‘ka» kanaliga o‘rnatilgan quvvati 30 kVt.soatni tashkil qiluvchi gidroturbinali generatorda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi sex maishiy-ma'muriy binosining elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini 60%ga ta'minlaydi.

Kombinat rahbariyati tashabbusi bilan o‘rnatilgan generator suv oqimi orqali elektr tokini ishlab chiqaradi. Elektr energiyasi ishlab chiqarish jarayoni qurilma gidroturbinasi parragini suv oqimi harakatga keltirishi bilan boshlanadi. Hosil bo‘lgan kinetik energiya reduktor orqali generatorga uzatiladi va generator yordamida elektr energiyasi hosil bo‘ladi. Ishlab chiqilgan elektr energiyasi foydalanish uchun tarmoqqa uzatiladi. 

Mazkur qurilmaning afzalligi shundaki ekologik jihatdan zararsiz, va atmosferaga zararli chiqindilar chiqmaydi. 

Loyihaning amalga oshirish natijasida elektr energiyasi bo‘yicha xarajatlar bir oyda 7,2 mln. so‘m, bir yilda 86 mln. so‘m miqdorida tejab qolinadi.

Ushbu yangilik «yashil» iqtisodiyotga o‘tish yo‘lidagi samarali ishlarning amaldagi ifodasi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech